Hijob o‘rashdan bosh tortish

Assalomu alaykum! Bir tanishimni nomidan savol yo‘llayapman. U kishini o‘zi va xotini namoz va ro‘za tutisharkan. Bola chaqani boqish uchun o‘zi xam xotini xam davlat idoralarida ishlarkan. Lekin erini uqtirishiga qaramasdan xotini ishxonasiga ochiqroq kiyimlarda borarkan. Xotini men xijob o‘ramayman deb bo‘yin tovlashdan nariga o‘tmas ekan. Erning “avratlaringni yopib yurishing kerak” deyishiga qaramasdan baribir foydasi bo‘lmabdi. Bunday vaziyatda er ajrashishga haqqi bormi? O‘rtada bolalari bor, qanday yo‘l tutish zarur?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday suratda er tushuntirishda davom etaveradi. Ajrashishga shoshmaslik kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:02 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar