Janoza namozidagi betahoratlik

Assalomu alaykum! 1). Juma maruzalaridan birida imom “janoza namozida tahoratsiz qatnashgan kishi iymonini yangilab olishi kerak” deganini eshitdim. Boshqa bir imom esa “nikohini yangilab olsin” dedi. Shu gaplarni qanday tushunaylik? Axir iymon eskirmaydiku?! Nikohga kelsak, uylanmagan bo‘lishi mumkinku. Janoza namozida tahoratsiz qatnashgan odamga dinda hukm qanday? Xatosini tuzatish uchun nima qilish kerak?
2). Birinchi savolga bog‘langan holda namoz insonga balog‘atga etganligidan farzligini bilamiz. Janoza namozini ham xatolarsiz, qonun qoidasi bilan qatnashish shart bo‘lgan muddati bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Tahoratsiz namoz shu qatori janoza namozini ham o‘qish harom hisoblanadi. Parvo qilmasdan bo‘laveradi deb o‘qish fiqhiy kitoblarda kufr deyilgan. Shuning uchun janozaga borganda janobatdan pok, betahoratlikdan pok holatda borishi kerak. Tahoratsiz o‘qisa ham bo‘laveradi demagan bo‘lsa, kofirga hukm qilinmaydi. 2). Janoza ham balog‘atga etgandan boshlanadi. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 20:45 | Savol-javoblar | 180 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar