Yoqilg‘i quyish shaxobchasida qaytim

Assalomu alaykum! Men zapravkada ishlayman. Biz yoqilg‘i quyganimizda masalan 50.50 sumdan ortiq bo‘lsa masalan 50.60 so‘m mijozlar 51so‘m beradi. Agarda 50.50 so‘mgacha ya’ni 50.40 bo‘lsa 50so‘m berishadi. Shuning uchun ish oxirida pul goh kam goh ko‘p chiqadi. Kam chiqan holda oyligimizdan olib qolinadi. Savol shuki ko‘p chiqan taqdirda o‘zimizga olishimiz joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Hammani haqqi o‘ziga berilishi shart. Mayda pullardan keragidan ortiqchasi bilan olib kelib qo‘yinglar. Yoki bergan puliga yarasha quyib beringlar. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 23:49 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar