Kofir jannatga kira oladimi?

Assalom alaykum! Tanishimning turmush o‘rtog‘i Britaniyalik inson, Islomdan uzoqda. Lekin qo‘li ochiq inson, uy bilan taminlab, qiynalgan yaqinlariga moliyaviy yordam beradi, o‘zi qiynalsa xam. U inson ayoliga qiladigan hurmat, u ayolning farzandlariga qiladigan munosabatini afsuski xozirgi paytda ko‘pchilik qilolmaydi. O‘ylab o‘tirsam, naxotki shu inson kofir bo‘lgani uchun jannatga kirolmaydi? Shu inson uchun namozlarda jannat so‘rash mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U inson uchun hidoyat so‘rashingiz mumkin. Har qancha yaxshilik qilsa ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amakilari bo‘lgan Abu Tolibni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qilganchalik yaxshilik qilolmaydi. U zot amakilariga Laa ilaaha illalloh ni aytishni taklif qildilar, amakizi rozi bo‘lmadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam amakilari haqida do‘zaxda bo‘lishini, to‘pig‘igacha olov bilan azoblanib, undan miyasi qaynab turishini aytganlar. Alloh hech kimni hech qanday yaxshiligiga muhtoj emas. Alloh taolo bandalari Uning yakkayu-yagona Yaratuvchiligini, Muhammad alayhissalom payg‘ambari ekanliklarini tan olishini buyurgan xolos. Bu xuddi ota-ona farzandiga “Bizni ota-onang ekanligimizni tasdiq qilgin” deyishiga o‘xshash xolos. Sizga yanada soddaroq tushuntiradigan bo‘lsak, farzand boshqalarga har qancha yaxshiliklar qilgani bilan ota-onasini ota-onam deb tan olmasa kim hisoblanadi? Allohni bandasi bo‘laturib Uni Robbim demasligi ota-onadan tonishdan ham og‘irdir. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:02 | Savol-javoblar | 160 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar