Ota aroq olib kelishga buyursa
Assalomu alaykum! Eshitishimcha, farzand otaga faqat bir holatda buyurgan ishiga yo‘q deyishga haqqi bor ekan, ya’ni aroq olib kel desa. Menda ham bu holat uchrab turadi. O‘zim namoz o‘qiyman, ro‘za tutaman va aroq haromligini yaxshi bilaman. Otam shu ishga buyursa dod deb yuborgim keladi, oxirgi martasida nima deyishni bilmay turganimda haqorat ham eshitdim. Chunki yonlarida bemaza qarindoshlarim ham bor edi. Shu paytda o‘zlariga yo‘q bormayman deyishga haqqim bormi? Bu orqali ular ranjib qolsa nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu o‘rinda yo‘q deyishga shar’an haqqingiz bor. عَنِ الْحَسَنِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: لَا طَاعَةَ لِمْخْلُوقٍ فِي مَعْصِيَةِ الْخَالِقِ. رَوَاهُ ابْنُ أَبِي شَيْبَةَ. (متفق عليه) Hasandan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xoliqning ma’siyatida maxluqqa itoat yo‘q» – dedilar”. Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan. (Muttafaqun alayh)
Ya’ni, bandani rozi qilaman deb, Alloh taoloni norozi qiladigan narsani qilib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:04 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar