Maslixat kerak

Assalomu alaykum! Sizlardan maslixat so‘ramoqchi man izn bersangizlar. Man shifokor (nevrolog) yaqinda tugatim. Man O‘zbekistondan emas, qo‘shni davlattanman. Bizga deyarli xamma yaxshi ish joylarda korruptsiya, buni xamma biladi. Biror yaxshi ish joyga ishlashga kirish uchun xammasi pul talaba qiladi, buni davlat xodimlarni bilishadi. Yaxshi davlat ish joylarda ishga joylashish uchun pul talab qilishadi, maosh juda oz. Faqat maosh bilan yashasa etmaydi, shuning uchun bemorlardan pul olishadi, vrachlar bemorlardan pul olishini glavrachlarxam, xamma biladi, sobraniyalarda glavrach o‘zi aytadi bemorlardan ko‘nglidan chikanini rozi qilib pul olsararing bo‘ladi lekin majburlamastan. Rossiyada ish borekan kasbim bo‘yicha, maosh yaxshi, lekin u davlatlarda jum’a namozini o‘qishka, ish vaqtida namoz o‘qishka ruxsat berishmas ekan, kegin begona davlata ayol qizlardi ko‘pi avratini ochib yurishadi, gunox ishlardan o‘zimdi saklayman, lekin baribir ko‘z tushadi. Xoli uylanmaganman uy sharoit yo‘q. Sizlardan maslaxat so‘rayman nima qilishim kerak: 1. Pul berib brorta yaxshi davlat ishxonalarda ishka joylashaymi?(Ishka joylashsamxam bemorlardan pul olish kerak buladi maosh etmaydi)? 2. Chetelda (Rossiya) borib ishlaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz sanab o‘tgan ishlar - pora berish, namoz o‘qimaslik va nomahramlarning avratiga qarash kabilarning barchasi shariatimizda ta’qiqlangan. Siz o‘z kasbingiz bo‘yicha ishlang. Faqat tadbirli bo‘ling. Haromga tushib qolmaslik choralarini ko‘ring. Imkonini topib o‘z yurtingizda porasiz ishga kiring yoki chetda ishlasangiz namozlarni qoldirmay, nazaringizni haromdan asrab ishlang. Hozirgi fitna zamonda hamma ham siz kabi mushkul vaziyatda. عن عبد الله بن مسعود رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : ( إن من ورائكم أيام الصبر ، الصبر فيهن كقبض على الجمر للعامل فيها أجر خمسين قالوا : يا رسول الله أجر خمسين منهم أو خمسين منا . قال : خمسين منكم ) قال الهيثمي رواه البزار والطبرانيAbdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ortingizda sabr kunlari bor. U kunlarda sabr qilish qo‘lida cho‘g‘ni tutib turish kabi bo‘ladi. U kunlarda diniga amal qiluvchilar uchun ellik kishining ajri bor” dedilar. Shunda sahobalar “O‘zlaridan ellik kishinimi yoki bizdan ellik kishinimi yo Rasululloh” dedilar. U zot “Sizdan ellik kishini” dedilar. Bazzor va Tabaroniylar rovoyati. Vallohu a’lam!

24 Noyabr 2023, 20:01 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar