Davo istab

Assalomu alaykum! Ustozlar men bir kassalik bilan ozgina bezovtaman. Toshkentdagi shifokorga borsam bir doktor it sho‘rvasini ichgin, moyini ham surtgin deyapti. Nima qilish kerak?
2). Shu masalada biron bir mullaga borib o‘zimga dam soldirsam bo‘ladimi?
3). Men afsuski namozni boshlaganim yo‘q duolar qilsam o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ushbu linkdagi ma’lumotni o‘qing. https://islom.uz/view/-214 2). Siz benamoz holatda dunyodan o‘tib ketishdan qo‘rqing. Bu ozgina umrni sajda bilan o‘tkazib, sajdada vafot topishni orzu qiling. Namoz oxiratda ham qutilmaydigan amaldir. Siz falonchi pistonchiga borish o‘rniga tahoratni qiling, masjidga borib, namozlarni o‘qing, boshni sajdaga qo‘yib xohlagan narsangizni so‘rang. So‘ralishga ham berishga ham haqli Zot Alloh taoloning yolg‘iz o‘zidir. Biz ham Alloh taolo sizga shifo berishini so‘rab duo qilamiz. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 21:52 | Savol-javoblar | 166 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar