Ayol va farzandlar nafaqasi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, sizlardan iltimos shu savolimga javob so‘rayman. Men 27 yoshdaman, 3 nafar farzandim bor. Allohga shukur turmush o‘rtog‘imni topishlari yaxshi, lekin farzandlarimga biror narsasi kam desam pulim yo‘q, borini epla deb aytadilar. Ammo o‘zlaridan pulni ayamaydilar, shu narsa borasida ko‘p tortishib qolyapmiz. Allohga shukur ota-onam borlar, hamma kamimni onam bilan otam qilib berishadi. Shu ishlari to‘g‘rimi? Ustozlar men shu uyni hamma xizmatini qilaman, lekin kiyimim va oziq ovqatimni onam olib bersa shu insofdanmi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri emas. Ayoli va farzandlarning nafaqasi erning zimmasiga vojibdir. Barcha ulamolar ayollarning nafaqasi erlariga vojib bo‘lishiga ittifoq qilganlar. Ayol kishi erning xizmatlarini qilganidan keyin, uning izmida bo‘lganidan keyin, albatta, uning nafaqasi erga vojib bo‘ladi. Nafaqa haqida quyidagi masalalarni bilib olish va ularga ixlos bilan amal qilish oila va uning a’zolari uchun o‘ta muhimdir: 1. Nafaqaning miqdori ikkisining holiga qarab bo‘ladi. Har ikkisi boy bo‘lsa, boylikka yarasha, kambag‘al bo‘lsa, kambag‘allikka yarasha bo‘ladi. Er boy, xotin kambag‘al yoki aksincha bo‘lsa, ikki holning o‘rtasida bo‘ladi. Agar xotin otasining uyida bo‘lsa ham yoki erning uyida bemor bo‘lsa ham. Har bir oila o‘zining iqtisodiy holidan kelib chiqib, xotinning nafaqasini belgilashi kerak. Erlar mumsiklik qilmasliklari, xotinlar talabni haddan tashqari kuchaytirmasliklari lozim. Hozirgi kunimizda erkaklarning ko‘pchiligi ayollarini nafaqa bilan ta’minlash borasidagi burchlarini sharaf bilan ado etayotganlari quvonchli holat. Lekin ba’zi holatlarda xotinlarga nafaqa masalasida zulm bo‘layotganligi haqida shikoyatlar ham ko‘p. Yana ayrim erkaklar, xotinini nafaqa bilan ta’minlamayotgani etmagandek, «Boshqalarning xotini ishlab pul topayotibdi, sen ham meni boqasan», deb televizor ko‘rib yotishibdi. Bu esa chidab bo‘lmaydigan holdir. Faqih ulamolardan naql qilingan «Agar xotin otasining uyida bo‘lsa ham yoki erning uyida bemor bo‘lsa ham» degan jumla ham bugungi kunimizda alohida e’tiborga loyiq bo‘lib qoldi. Ko‘pchilik xonadonlarda kelin bemor bo‘lib qolsa, otasinikiga olib borib qo‘yishni farz yoki vojib deb anglayotganlar ham yo‘q emas. Ota‑ona, qarindoshlar yoki tanish-bilishlar xotini bemor bo‘lgan erkakka: «Ayoling bemor bo‘libdi, otasinikiga olib bor», deyishadi. Yana kelin tuzalgan kunning o‘zidayoq uni qaytarib olib kelishga amr qilishdan xijolat ham bo‘lishmaydi. Chunki bu narsa odatga aylanib qoldi. Aslida, betob bo‘lgan kelinni otasinikiga olib borib tashlash o‘zini bilgan har bir shaxs uchun or, nomus bo‘lishi kerak. Balki, mabodo, kelin otasinikida bemor bo‘lib qolsa ham, er uni o‘z uyiga olib kelib, davolashi lozim. Er zimmasidagi xotin uchun vojib nafaqalar besh qismdir: A. Taom. Bunga oziq-ovqat, ichimlik va taomga qo‘shib eyiladigan (sirka, yog‘ va shunga o‘xshash) narsalar hamda taom pishirish uchun ketadigan barcha mahsulotlar kiradi. Taomning miqdori etarli bo‘lishi kerak, mazkur miqdor erning boy-kambag‘alligiga qarab belgilanadi. B. Kiyim. Etarli darajada, bir sidirg‘a kiyim-bosh doimo bo‘lishi kerak. Hanafiy va Shofe’iy mazhablarida: «Har olti oyda bir sidirg‘a yangi kiyim olib beriladi», deyilgan. V. Maskan. Er o‘z xotinini maskan – turar joy bilan ta’minlashi vojib. Maskan erning moliyaviy imkoniyati darajasida bo‘ladi. Shu bilan birga, maskan to‘liq jihozlangan, unda yashash uchun kerakli har bir narsa bo‘lishi lozim. G. Agar xotin xizmatkor ishlatib yuradigan toifadan bo‘lsa, xizmatkor solib berish ham uning nafaqasiga kiradi. D. Tozalik asbob-anjomlari va uyning kerakli matohlari. 2. Agar er moli bo‘la turib, ayoliga nafaqa qilmasa, qozi uni qamashga hukm chiqaradi. Ayol talab qilsa, erning boshqa mulklari sotilib, uning nafaqasi beriladi. Er noilojlikdan nafaqa bera olmasa, qamalmaydi. 3. O‘zboshimchalik bilan uyidan chiqib ketgan, qarz uchun hibsga olingan, kuyovning uyiga kasalligi tufayli keltirilmagan, majburlangan (olib qochilgan) va erisiz haj qilgan ayolga nafaqa yo‘q. Ayol agar eri bilan birga haj qilsa, shunda ham safar va kiraning nafaqasiga emas, muqimlik holatida oladigan nafaqasiga haqlidir. 4. Boy erga xotin uchun bir xodimning nafaqasi ham vojib bo‘ladi. Sahih qavlga binoan, kambag‘al erga bu narsa vojib bo‘lmaydi. 5. Erning nafaqadan ojizligi uchun oralari ajratilmaydi. Ayolga erning hisobidan qarz olish amr qilinadi. Er nafaqa berishga ojiz bo‘lsa ham xotinidan ajratilmasligining hujjati quyidagicha. («Baxtiyor oila» kitobidan). Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 21:52 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush