Tush tabiri haqida
Assalomu alaykum! Tush tabiri haqiqatdan ham bor narsami? Man “Tush tabiri” degan ilova yozib oludim, shu narsaga ishonsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu ham bir fan bo‘lib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tush ta’bir qiluvchilarning eng komili bo‘lganlar. Ulardan sahobalar, sahobalardan tobe’in va hokazolar o‘rganib bu silsila hozirgacha davom etib kelmoqda. Tushni ta’bir qilish alohida bir fan bo‘lib, bu ham ta’bir qiluvchi ulamolar orqali shogird tushib o‘rganiladigan ilmdir. Kitobga qarab ta’bir qilish ko‘p o‘rinlarda to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki mashhur tush ta’bir qiluvchi Muhammad ibn Sirin rahmatullohi alayh bir xil tush ko‘rgan bir necha shaxsga bir necha xil ta’bir aytganlar. Hatto ta’bir qiluvchining ta’bir qilishdagi niyati, Alloh taologa bo‘lgan taqvosi va oyat hadislarni bilishi ham katta ahamiyatga egadir. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 21:51 | Savol-javoblar | 192 | Dolzarb savollar