Fotima onamiz haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar bir kishi Fotima onamiz haqlarida bir voqea aytdi. Fotima onamiz r.a vafot etganlaridan keyin Hazrati Ali r.a. ning tushlariga bezovta holda kirgan ekanlar va Hazrati Ali r.a. nega bunchalar bezovtasiz jannatga kirmagansiz deb so‘rasalar Fotima onamiz r.a qo‘shnidan bir igna olganliklari va qaytarib berish yodlaridan ko‘tarilganligi sababli jannatga kira olmay turganliklarini aytadilar va Ali r.a ignani qaytarib berganlaridan keyin tushlariga kirib jannatga kirganliklari aytadilar ekan. Shunday voqeya haqiqatdan ham bo‘lganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu rivoyatni ishonchli sanadi yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:10 | Savol-javoblar | 159 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar