Maruza haqida
Assalomu alaykum! Telegramlarda bir otinoyining maruzalari tarqaldi, unda kelinlarga oshxona tutish o‘choqboshi odoblari haqida Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan hadislar keltirib gapirganlar. U ayolni aytishlaricha shamani ahlatga aralashtirmaslik kerak, shomda ovqat qaynatsa qopqog‘i yopiq bo‘lmasa shayton bavl qilib ketadi yana shunga o‘xshash gaplar. Bular qanchalar to‘g‘ri? 2) Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan shunday narsalar haqidagi hadis kitob bormi? Otinoyi juda ko‘p misollar keltirb aytdilar. Noo‘rin savol berib vaqtingizni olgan bo‘lsam uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Noto‘g‘ri aytibdi. Bir vaqtlar oziq-ovqat tanqislik davrlarida kishilar bir bor damlangan choyning shamasida keyin yana foydalanishgan. Shuning uchun boshqa narsalarga aralashtirmasdan turishlarini aytishgan. Hozirda esa unday emas. Shama to‘g‘risida hadis mutlaqo yo‘q. Taom, suv kabi idishlarning ustini yopib qo‘yish haqidagi hadislar bor, lekin shomdan keyin ovqat qaynatsa yoki pishirsa qopqog‘ini yopib qo‘yish kerakligi haqida ham hadis yo‘q. Otinoyi kimligini bilmadik, lekin ularga nasihatimiz har bir hadisni mutaxassis muhaddislardan o‘qib o‘rganish kerak. Hamma xitoyliklar karatechi bo‘lavermaganidek nomi otinoyi bo‘lganlarning hammasi ham olima bo‘lavermaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: عَنْ عَبْد ِاللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: بَلِّغُوا عَنِّي وَلَوْ آيَةً، وَحَدِّثُوا عَنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ وَلَا حَرَجَ، وَمَنْ كَذَبَ عَلَيَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالتِّرْمِذِيُّ Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Mendan bir oyat bo‘lsa ham etkazinglar. Bani Isroil haqida gapiringlar, tanglik yo‘q. Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdagi o‘rindig‘iga joylashaversin», dedilar».
Buxoriy va Termiziy rivoyat rivoyat qilganlar.
Sharh: Hadisning roviysi Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu bilan tanishmiz.
Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uchta muhim masalani bayon qilmoqdalar.
1.«Mendan bir oyat bo‘lsa ham etkazinglar».
Ya’ni, mening bilganim oz narsa, faqat birgina oyat, deb o‘tirmanglar. O‘shani bo‘lsa ham odamlarga etkazinglar, demoqdalar.
2.«Bani Isroil haqida gapiringlar, tanglik yo‘q».
Bu ish ruxsat berilgan doirada bo‘lishi kerakligini ulamolarimiz ta’kidlaganlar. Chunki boshqa bir hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Ahli kitoblarni tasdiqlamanglar ham, yolg‘onchi ham qilmanglar. Allohga va U zotdan o‘zimizga nozil qilingan narsaga iymon keltirdik, denglar», deganlar.
Shuning uchun ularning shariatimizga muvofiq narsalarini tasdiqlaymiz, shariatimizga nomuvofiqlarini yolg‘on, deymiz.
3.«Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdagi o‘rindig‘iga joylashaversin».
Bilib turib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytmagan narsani u zotdan, deb gapirish shunchalar yomon narsaki, kim shu ishni qilsa, do‘zaxiy bo‘lishi turgan gap.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Oz bo‘lsa ham, o‘zi bilgan ilmni o‘zgalarga etkazish zarurligi.
2. Bani Isroil haqida shariatimiz izn bergan ma’noda gapirish joizligi.
3. Kim Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxiy bo‘lishi.
Ushbu hadisi sharifni hayotimizga tatbiq qilishga juda muhtojmiz. Bilgan narsalarimizni oz-ozdan bo‘lsa ham, o‘z birodarlarimizga o‘rgatishimiz zarur. Qanchadan-qancha kishilar kalimai shahodatni o‘rganishga muhtojlar. Ularga bu narsani bilganlar o‘rgatmasa, kim o‘rgatadi?
Qanchadan-qancha kishilar aqalli bir oyatni ham, Qur’ondagi kichik suralarni ham bilmaydilar. Ularga ham bilganlar o‘rgatmay, kim o‘rgatadi?! Tahorat, g‘usl, namoz, janoza va boshqa ko‘plab shar’iy ahkomlarni bilmaydiganlarimiz ko‘p. Bularning hammasini ularga biladiganlar o‘rgatishi lozim. Ba’zi narsalarni bilganlar undan ham ko‘ra ko‘proq narsalarni bilishga intilishlari, o‘zlaridan ko‘proq biladiganlardan o‘rganishlari lozim bo‘ladi va hokazo.
«Bani Isroil» va boshqa ahli kitoblar haqida ham bilganlar bilmaganlarga gapirib, shariatimizning ularga bo‘lgan munosabatlarini tushuntirib berishlari lozim. Chunki bilimsizlik oqibatida ular bilan noto‘g‘ri munosabat va aloqalar vujudga kelmoqda. Kishilarimiz adashib, katta xatolarga yo‘l qo‘ymoqdalar.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolg‘on to‘qilishining ham oldini olish lozim. Bilib-bilmay, turli gaplarni hadis deb aytish katta gunohdir. Bu o‘sha odamning do‘zaxga kirishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun haqiyqiy ekanligiga to‘liq ishonch hosil qilmasdan turib, hadis aytish yaxshi emas. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:01 | Savol-javoblar | 201 | Turli savollar