Ko‘nglim tozo bo‘lsa bo‘ldi
Assalomu alaykum! Hozirgi kunda ko‘pchilikning og‘zida namoz o‘qimasam ham ko‘nglim tozo bo‘lsa bo‘ldi degan gap yuribdi va ular o‘zlarini oqlash maqsadida aka va uka haqidagi xadisni o‘zlaricha isbot sifatida keltirishadi, eng yomoni esa ular namoz o‘qib yurgan, majsidga qatnayotgan tanishlariga shu gapni aytishadi axr bu shaytonning hiylasidan ham oshib tushmayabdimi? Men ham shu xadisi sharifni eshitganman. Menimcha bu xadisda Alloh subhanahu va taoloning o‘ta rahmli va buyuk zot ekanligi, insonning qancha gunohlari bo‘lsa ham hech qachon umidni so‘ndirmaslik, agar u chindan tavba qilsa Alloh taola uni kechirishi haqida gap yuritilgan. Mo‘minning meroji kitobida "Farzni bajarish shart, uni bajargan ulkan savobga erishadi, bajarmagan fosiq hisoblanib, azoblanadi. Inkor etgan esa kofir bo‘ladi" deb yozilgan.Namoz farz amaldir bu gap Qur’oni Karimda ham keltirilgan.Bundan xulosa qilib shunday fikrga keldimki bu gapni aytayotganlar o‘zlari bilmagan holda kofir bo‘lib qolishmayabdimi?. Bu gaplari bilan ular Qur’oni Karimni yalg‘onga chiqarishmayabdimi? Bu gap so‘zlar haqida va shu xadisi sharif haqida nima deysiz. Ustoz men kimnidir yomonlash ularni kofirga chiqarish uchun bi gaplarni yazoyotganim yo‘q hozirgi kunda insonlar o‘zlarini haq deb bilishadi qancha gap aytsak ham ta’sir qilmaydi. Sizning bu saytingizda qilayotgan ishlaringizni esa ularning aksariyati kuzatib borishadi, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlar va instagram sahifalarida. Ustoz agar fikrlarim xato bo‘lsa uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qalb tozaligi bilan amal tozaligi aralashsagina, natija bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:10 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qalb tozaligi bilan amal tozaligi aralashsagina, natija bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:10 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar