Bizga uch taloq tushganmi?
Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im bilan janjallashib ajrashmoqchi bo‘ldim, keyin unga endi biz eru xotinmasmiz ket deb javob berdim. Oradan 6 oy o‘tib yana yarashdik, boshqatdan nikohdan o‘tdik, keyin farzandlik bo‘ldik. Oradan 2 yil o‘tib yana shu holat bo‘ldi, yana senga javob sen bilan yashamayman deb ajrashdik. 1 yil o‘tib yana yarashdik, nikohdan o‘tdik, keyin yaxshi yashab yurgandik men Rossiyaga keldim. Yana oilaviy janjal bo‘ldi, xotinimni akasi menga telefon qilib “singlimni javobini ber, endi sen bilan yashamaydi” deb janjal qildi. Men ham jahl ustida singlinga javob deb yubordim. Endi xotinimga uch taloq tushdimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgandek bo‘lsa, uch taloq tushgan.
Er kishi o‘z ayolini bir taloq yoki ikki taloq qilsa, qaytadan yarashishi mumkin. Ammo uch taloq qilgandan keyin o‘sha er uchun u ayol vaqtinchalik haromga aylanadi. Qur’oni Karimning hukmiga binoan, u ayol boshqa erga tegib, bu eri bilan tabiiy holatda o‘lim yoki taloq tufayli ajrashgandan keyingina birinchi erga nikohi halol bo‘ladi. Buning uchun, albatta, u ayol ikkinchi er bilan er‑xotin bo‘lib yashashi shart. Ikkinchi er jinsiy aloqaga qodir emas kishi bo‘lsa, ayol qaytadan birinchi erga halol bo‘lmaydi. Nikoh to‘g‘ri nikoh bo‘lishi ham shart qilingan. (“Baxtiyor oila” kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:10 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush