Kaltakesak haqida hadis

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar avvalambor sizlarga ko‘p rahmat. Sizlardan ancha narsalarni o‘rganyapaman. Savolm shuki meni telefonimda al-jome as-saxix xadislar kitobi dasturi bor, doimo uni o‘zim uchun o‘qib yuraman. Bir xadisni o‘qib qoldim. Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam saxobalari bilan o‘tirganlarida saxobalari oldilaridagi pishgan go‘shtni eya boshlashdi. Ularni orasida Sa’d xam bor edi shunda payg‘ambarimmiz sollallohu alayhi vasallamni ayollaridan biri emanglar u kaltakesak go‘shti dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Eyaverinlar u xaloldir faqat mani ovqatimga kirmaydi” dedilar. Men masjidda domladan boshqacharoq eshitganman. Bu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! U kaltakesak bo‘lmagan, tarjimonlar kaltakesak deb noto‘g‘ri tarjima qilishibdi. Uning nomi arab tilida “Dobb” deyiladi. Kaltakesak ko‘rinishida bo‘ladi, ammo u halol. Kaltakesak esa harom. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 21:52 | Savol-javoblar | 284 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar