Namoz o‘rniga salovat, zikr va istig‘for

Assalomu alaykum! Banda namoz o‘qimasada lekin har kuni zikr, istig‘for va salovatlarni ko‘p-ko‘p aytib yursa, buni hukmi qanaqa bo‘ladi? Bandasiga va’da qilingan narsalar beriladimi zikr va salovatlardagi? Gunohlari to‘liq mag‘firat qilinaveradimi? Iltimos to‘liq javob yozsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har bir qoldirgan qarzi uchun uzundan uzoq azobda bo‘ladi. Zikr va salovatlarning savobini oladi. Qiyomat kuni eng birinchi so‘raladigan amal namoz bo‘ladi. O‘qimaganda farzni tark qilganning gunohi bo‘ladi. Bular biri boshqasini o‘rnini to‘ldiradigan amallar emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:37 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar