Hurmat qilishim shartmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli birodarlar. Allohim sizlardan rozi bo‘lsin. Avalgi savolimni javobi uchin rahmat. Bugungi savolim shundan iborat. Men taniydigan erda shunday odamlar bo‘lib, ota bobolari pirlar va ho kazo. O‘shalar bilan ular hatto fosiq va piyanista bo‘lsalar ham hamma hurmat qiladi, ikki qo‘llab ko‘rishadi va ulg‘lashadi. O‘sha narsa to‘g‘rimi? Ular qanday bo‘lishidan qat’iy nazar men ularni ota-bobolari hurmatidan hurmat qilishim kerakmi? Agar ularni o‘zi va xulqidan kelib chiqib hurmat qilmasam gunohkor bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Insonning har bir so‘zi va har bir qilgan amali biror bir hikmatni, dunyo va oxiratda bo‘ladigan foyda va savobni ko‘zlangan bo‘lishi kerak. Unday insonlarni ota-bobolari xalqqa uo‘p ma’rifat tarqatgan, to‘g‘ri yo‘lga boshlagan bo‘ladilar. Musulmonlikning haqqi ularni ham to‘g‘ri yo‘lga boshlashlikdir. To‘g‘ri yo‘lga boshlash ularga pandu-nasihat qilish bilan foyda bersa, o‘shani qilish kerak. Agar ta’zir berish orqali bo‘lsa, ta’zir berish kerak. Siz ularni ehtiromini tark qilishingiz ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlasa, tark qiling. Shunday xalqqa ma’rifat tarqatgan insonlarning zurriyotlari ma’rifatga muhtoj bo‘lgan vaqtda ularni tashlab qo‘yish yaxshi ish ham emas. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:14 | Savol-javoblar | 123 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar