Ta’minotsiz ayol

Assalomu alaykum! Salom savolni bir ayol nomidan yozaman..... Mani hozirgi holatim erim 2 yildan beri viloyatga chiqib ketgan, qarzlari ko‘pligi sabab qochib yurish maqsadida. Balki yana bilmadim qanday sabab bilan toshkenda emas. Telefonda gaplashib turamiz, keling desam kemaydi, oilaviy sharoitimizda biz boshqa uy olib ko‘chib ketishimiz kerak edi. Sababi bita domda 3 ta aka-uka turishadi, bizda dom olishga mablag‘ yo‘q. Xullas hozirgi kunda qaramayatgani uchun 2 farzandim bilan ota onami uylarida 2 yildan beri yashab kelmoqdamiz va shu sabablar bilan sud orqali ajrashmay aliment olaman, uydigilari beradi erim bermaydi. Shu holatda ajrashmoqchi bo‘lsam sabab yo‘q deyishyapti. O‘zim ajrashib biror iymonli kishiga 2-xotinlikka ham roziman, chunki uyimdi 2 ta akam kenayimlar bilan chiqisha olmayapmiz. Ularni ham tinchligi o‘zim ham tinch yashashim uchun hozirda uy bilan taminlasa 2-turmush qursam bo‘ladimi? Qiynalib ketdim, bollarim bor, kimgadir qo‘liga qarab ularni katta qilish qiyin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oilani saqlab qolishga harakat qiling. Mabodo ajrashishni o‘zingiz xohlasangiz shariat hukmi bo‘yicha talog‘ingizni olishga va iddangizni to‘liq o‘tirishga majbursiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:18 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar