Shaytonni yig‘latgan hadis

Assalomu alaykum! Bir hadis eshitgandim, lekin to‘liqligicha eslolmayman. Shu agar sahih bo‘lsa to‘liq holatini yuborsangizlar, bilib olardik, iltimos. Bu bid’at haqida edi. Bir kuni shaytonlar to‘planib yig‘lab o‘tirgan ekan, ularning boshi kelib, "Ey shaytonlar! Nega yig‘layapsizlar?" desa Alloh bir oyat tushirdi, bandalarim har qancha gunoh qilsalar ham shirkdan boshqa hammasini kechiraman, dedi. Shunda shaytonlar boshi aytdiki, biz shunday hiyla qilamizki, odamlar ibodat qilyapmiz, deb o‘ylashadiyu, ammo shirk qilayotgan bo‘lishadi. Shuni to‘liq bilib olmoqchi edim. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu hadisni bilmas ekanmiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:36 | Savol-javoblar | 174 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar