Er va xotin o‘rtasidagi tortishuvda

Assalomu alaykum! Xar bir oilada er va xotin o‘rtasida tortishuv bo‘lib turadi. Shunda ayol kishi “ketaman uyimga” deganida erkak kishi “oq yo‘l, qo‘lingdan ushlab turibmanmi” tarzidagi gaplarni jaxl ustida aytganda taloq tushadimi? Agar erkak ayoliga taloqsan demasdan jaxl ustida “uyiga eltib qo‘yinglar buni” desa taloq tushgan bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloqni nechta tushganini bilish uchun jonli majlisda, ikki tomon va guvohlar huzurida ko‘rib chiqish kerak.  Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:22 | Savol-javoblar | 166 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar