Juda muhim Savol
Assalamu Alaykum Shayh Muhammad Sodiq Hazratlari. Alloh Ilmingizni Bundan ham ziyoda qilsin. Hurmatli Shayh hazratlari menda muhim savol bor iltimos javobingizga muhtojman. Men hozirda Angliyada istiqomat qilayapman. Men bilan turadigan do‘stlarim ham hammasi Uzbekistonlik yigitlar. Allohga shukr hammamiz turli hil muassasalarda ishlaymiz. Gap shundaki do‘stlarimdan biri Charity tashkilotida(Ko‘rlarga muruvvat kursatish jamiyati) ishlaydi. Hullas ularni ishi Angliya fuqarolari kiyilgan-kiyilmagan kiyimlarni Tashkilot tomonidan taqdim qilingan mahsus qutilarga solib ko‘chaga chiqarib quyishadi. O‘rqog‘im va uning sheriglari mahsus avtomashina bilan yigi‘b idoraga topshirishadi Idora esa bularni sotib pulini Tashkilot jamg‘armasiga o‘tqazishadi. Hullas yig‘ilgan kiyimlarning ko‘pi kiyilmagan yangi bo‘ladi. urtog‘im bu kiyimlardan uzini razmeriga moslarini tanlab olib uyga uzi kiyish uchun olib keladi, ba‘zan bizlarga olib keladi. Ko‘nglim g‘ash. Hazrat maslahat bering. bu kiyimlarni kiyish biz mo‘minlarga halolmi? Balki sizni maslahatizdan keyin tavba qilarmi. Alloh sizdan rozi bulsin.Assalamu Alaykum WRB.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Agar kiyim egalari va siz aytgan tashkilot rozi bo‘lsa va ruxsat bersa, hachqisi yo‘q. Nabiy alayhissalom ham boshqa din vakillari sovg‘a qilgan kiyimlarni kiyganlar.
3 May 2022, 22:46 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar