Allohga taqvo qilish haqida

Assalomu alaykum! Alloh ilmilarga baraka bersin! Meni savolim Allohga taqvo qilish uchun nimalarga e’tibor berishim kerak? Ilmsizligim uchun uzr so‘rayman. Men Rossiyada ishleman va bu erda mol, qo‘y va shunga o‘xshash shariatimiz xalol qilgan xayvon go‘shtlari bor va ulardi biz yani men aniq bilmiman Alloh nomi bilan so‘yilgan so‘yilmaganini. Shu sababli ko‘nglimda gumon bo‘lib qolmoqda. Shu sababli Allohga taqvo qilishim uchun shu gumonlardan saqlanishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Taqvo degani uch qismga bo‘linadi. 1-shirk va kufrdan taqvo qilish. Bu iymon keltirish orqali bo‘ladi. Shuning uchun qaysi amallar shikr, qaysi amal va so‘zlar kufr ekanligini yaxshilab o‘rganish kerak. Qancha-qancha insonlar bor o‘zlarini musulmonman, mo‘minman deb og‘izlaridan chiqayotgan so‘zlar nima ekanligini bilmaydilar. عن معاذ رضي الله عنه  قال : قلت : يا رسول الله ، أخبرني بعمل يدخلني الجنة ويباعدني عن النار. قال : لقد سألت عن أمر عظيم، وإنه ليسير على من يسره الله تعالى عليه : تعبد الله ولا تشرك به شيئا، وتقيم الصلاة، وتؤتي الزكاة، وتصوم رمضان، ثم قال : ألا أدلك على أبواب الخير؟ الصوم جنة، والصدقة تطفئ الخطيئة كما يطفئ الماء النار، وصلاة الرجل في جوف الليل » ثم تلا : ( تتجافى جنوبهم عن المضاجع ) حتى بلغ ( يعملون ) ، ثم قال : » ألا أدلك برأس الأمر وعموده وذروة سنامه ؟ » قلت : بلى يا رسول الله ، قال : » رأس الأمر الإسلام ، وعموده الصلاة ، وذروة سنامه الجهاد » ، ثم قال : » ألا أخبرك بملاك ذلك كله ؟ » قلت : بلى يا نبي الله ، فأخذ بلسانه فقال : » كف عليك هذا . فقلت : يا نبي الله ، وإنا لمؤاخذون بما نتكلم به ؟ قال : ثكلتك أمك يا معاذ ! وهل يكب الناس في النار على وجوههم أو على مناخرهم  إلا حصائد ألسنتهم ؟ » رواه أحمد ، والترمذي ، وابن ماجه Muoz roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan safarda edim. Bir kun yurib ketayotib u kishiga yaqin bo‘lib qoldim va : “Ey Allohning nabiysi menga meni jannatga kirgazib, do‘zaxdan uzoq qiladigan biror amalning xabarini bersangiz” dedim. U zot : “Ulkan ish haqida so‘rading, u Alloh oson qilgan kishiga oson, Allohga ibodat qilasan va Unga biror narsani sherik qilmaysan. Namozni qoim qilasan, zakot berasan, Ramazon oyining ro‘zasini tutasan, baytni haj qilasan” dedilar. So‘ng : “Seni yaxshilik eshiklariga dalolat qilaymi? Ro‘za qalqondir, sadaqa suv olovni o‘chirganidek xatolarni o‘chiradi, kishi kechaning o‘rtasida namoz o‘qishi” dedilar. So‘ng “Sajda” surasining تَتَجَافَى جُنُوبُهُمْ عَنِ الْمَضَاجِعِ يَدْعُونَ رَبَّهُمْ خَوْفًا وَطَمَعًا وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنفِقُونَ Oyatini  “يَعْمَلُونَ”gacha o‘qidilar. So‘ngra “Senga ishning boshi, ustunlari, o‘rkachining cho‘qqisi nima ekanligi xabarini beraymi” dedilar. “Shunday qilsinlar ya Rasululloh” dedim. “Ishning boshi Islom, ustunlari namoz, o‘rkachining cho‘qqisi safarbarlik” dedilar. So‘ng “Senga bularning barchasini tutqichi nima ekanligini xabarini beraymi” dedilar. “Shunday qilsinlar ey Allohning Nabiysi” dedim. U zot tillarini ushlab(tillariga ishora qilib) “Buni tiygin” dedilar. Shunda “ey Allohning Nabiysi biz gapirgan gapimizga ham javobgar bo‘lamizmi” dedim. “Onang sensiz qolgur ey Muoz, odamlarni yuzchamchasiga yoki burunchasiga do‘zaxga uloqtiruvchi narsa ularning tillarining hosilidir” dedilar». Ahmad, Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari. 2-haromdan taqvo qilish. Buning uchun ham hamma vaqt nima harom va nima halolligini bilishga harakat qilish kerak. siz aytgan joylarda mol qo‘y tovuqlarni “Bismillah”ni aytib so‘yilgani aniq bo‘lsagina eyish kerak. 3-shubhalardan taqvo qilish. “Hadis va Hayot” kitobida quyidagicha kelgan: عَنِ النُّعْمَانِ بْنِ بَشِيرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ الْحَلَالَ بَيِّنٌ، وَإِنَّ الْحَرَامَ بَيِّنٌ، وَبَيْنَهُمَا مُشْتَبِهَاتٌ لَا يَعْلَمُهُنَّ كَثِيرٌ مِنَ النَّاسِ، فَمَنِ اتَّقَى الشُّبُهَاتِ اسْتَبْرَأَ لِدِينِهِ وَعِرْضِهِ، وَمَنْ وَقَعَ فِي الشُّبُهَاتِ وَقَعَ فِي الْحَرَامِ كَالرَّاعِي يَرْعَى حَوْلَ الْحِمَى يُوشِكُ أَنْ يَرْتَعَ فِيهِ، أَلَا وَإِنَّ لِكُلِّ مَلِكٍ حِمًى، أَلَا وَإِنَّ حِمَى اللهِ مَحَارِمُهُ، أَلَا وَإِنَّ فِي الْجَسَدِ مُضْغَةً إِذَا صَلَحَتْ صَلَحَ الْجَسَدُ كُلُّهُ، وَإِذَا فَسَدَتْ فَسَدَ الْجَسَدُ كُلُّهُ أَلَا وَهِيَ الْقَلْبُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ No‘’mon ibn Bashir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, halol ochiq-oydindir. Albatta, harom ochiq-oydindir. Va ikkovlari orasida shubhali narsalar bordir. U (shubhali) narsalarni odamlarning ko‘plari bilmaslar. Bas, kim shubhalardan saqlansa, dini va obro‘si uchun poklangan bo‘ladi. Kim shubhalarga tushsa, haromga tushadi. Bu xuddi qo‘riqxona atrofida (hayvon) boqqan cho‘ponga o‘xshaydi. Undan o‘tlab qo‘yishi turgan gap. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 22:13 | Savol-javoblar | 222 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar