Er talashib pichoq bilan zarar etkazsa

Assalomu alaykum! Uy qurilganda qo‘shnining tomoniga devor 20-30 sm o‘tkazib urilgan bo‘lsa, o‘sha qo‘shni meni erimga devor qurding deb janjal qilib qo‘shnini pichoqlasa ya’ni uy qurgan qo‘shniga pichoq bilan zarar etkazsa xam o‘sha qo‘shnini erida haqqi bormi? Erni sudlashmasdan berishi kerakmi? Axir o‘sha qo‘shniga pichoq bilan zarar etkazdiku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zini haqqini talab qilishga haqqi bor. Etkazgan zararning evaziga er qo‘shniniki bo‘lib qolmaydi. Er qo‘shib olganning azobi qattiq bo‘ladi. أَنَّ سَعِيدَ بْنَ زَيْدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: مَنْ ظَلَمَ مِنَ الْأَرْضِ شَيْئًا طُوِّقَهُ مِنْ سَبْعِ أَرَضِينَ Sa’id ibn Zayd roziyallohu anhu aytadi:
«Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kim bir parcha erni nohaq o‘zlashtirib olsa, uning bo‘yniga etti qavat er osib qo‘yiladi», deyayotganlarini eshitdim». Vallohu a’lam!

6 May 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar