Avtomobil nasiya savdosida mashina kimning nomida bo‘lishi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir-birini yaqindan biladigan ikki do‘stim bor. Ulardan biri ikkinchisiga nasiya savdo tarzida avtosalondan yangi avtomobil olib bermoqchi. Bilamizki, odatda nasiyaga sotiladigan avtomobil SOTUVChIning nomida bo‘ladi. OLUVChI do‘stim esa "avtomobilni mening nomimga olaylik, shunda 2 marta notariusga xarajat qilmaymiz. Menga ham engilroq bo‘ladi" demoqda. SOTUVChI do‘stimning OLUVChI do‘stimdan pulini to‘liq qaytarib olishi haqida hech qanday shak-shubhasi yo‘q (bir-birlarini yaxshi taniydilar va biladilar). Shundoq bo‘lsa ham SOTUVChI do‘stim "Bu ishimizning hukmi shariatda qandoq bo‘larkin, to‘g‘rimikin?" demoqda. Sizlardan iltimos, shu masalada to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:32 | Savol-javoblar | 170 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:32 | Savol-javoblar | 170 | Moliya va tijorat