Ishxonada namozni jamlab o‘qish

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Din yo‘lida olib borayotgan ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin. Omin. Men yaqinda ish joyimni o‘zgartirdim va bu erda mendan boshqa hech kim namoz o‘qimas ekan. Men bu joyda yangi bo‘lganim va vaziyatdan kelib chiqib ya’ni ishxonalarda namoz o‘qib bo‘lmasligini nazarda tutib namozlarimni jam qilib o‘qisam bo‘ladimi? Javobingiz uchun tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bo‘lmaydi. Har namozni o‘z vaqtida o‘qiladi. Peshinni oxirgi vaqtida, asrni avvalgi vaqtida o‘qish mumkin.

26 May 2022, 19:59 | Savol-javoblar | 183 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar