Buvimning tahorati

Assalomu alaykum! Buvamning yoshlari 85dalar, namozni doim ado qilib keladilar. Allohga behisob shukurlar bo‘lsin. Lekin ayrim sabablarga ko‘ra 4-5 oylardan buyon taxoratlarini ushalab tura olmayaptilar. 5 vaqt taxorat olishga kuchlari etmayapti. Shuning uchun nima qilishni aytsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizlar bir marotabadan bo‘lsa ham tahorat a’zolarini yuvib qo‘yinglar. Shu bilan tahorat ado bo‘ladi. Agar tahorat  olib kiyimini almashtirganingizdan keyin namoz o‘qib bo‘lgunicha yana kiyimlari nopok bo‘lib qolayotgan bo‘lsa pampers kiydirib tahorat qildirib qo‘yasizlar namozlarini o‘qiyveradi. Uch marta imkoni bo‘lmasa bir marotabadan yuvib qo‘yinglar. Nima uchun tahorat ololmayotganini aytsangiz uni ham yo‘lini aytib berishimiz mumkin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:37 | Savol-javoblar | 148 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar