Silai rahm masalasi

Assalomu alaykum! Vatandan uzoqdamiz. Bu erda men bilan birga otamning ukasi ishlaydi. Shu odamning gaplarini eshitsam qalbim sarg‘ayadi va xafa bo‘laman. Unga nasihat masalasiga kelsak, yoshi katta odam, mening gapimni gap deb qabul qilmaydi. Boshqalar orqali biror nima o‘rgatish ham qiyindir (chunki qolgan ko‘pchilik qarindoshlarimiz ham materialist). Shu erda ham, uyga borganimda ham, shular davrasida bo‘lsam xayolim gaplarini eshitmaslik, aytganlarini o‘zimga qattiq olmaslikda bo‘ladi. Butun quvvatim shularga qarshi turishga sarflanayotgandek. O‘zlariga biror qattiq gap aytmayman. Ularni behurmat ham qilmayman. Ammo suhbatlariga aralashmayman, biror gap demayman. Xayolim o‘zimni asrash, tezroq uzoqlashishda bo‘ladi. Men bunday odam bilan muloqotda faqatgina salomlashish, savol so‘rasa javob qaytarish kabilar bilan kifoyalansam bo‘ladimi? Shunday yurishga ruxsat bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:59 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar