Kafforat tutish kerakligini bilmagan ekanman

Assalomu alaykum! Hurmali ustozlar, ramazon ro‘zasini qastdan ochgan inson ketma-ket 60 kun kafforatini tutib berishini eshitdim. Menda xam shunday vaziyatlar bo‘lgan, lekin o‘sha vaqtlarda 1 kun qastdan ochsa 60 kun tutishini bilmaganman. Agar bilganimda bunday qilmagan bo‘lardim. Hozir afsusdaman, endi men uzluksiz 60 kun tutamanmi? Yoki bilmaganim uchun 1 kuniga 1 kun qazosini tutib beramanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bilmasangiz ham kafforatini tutishingiz shart. Shuning uchun ota-onalar zimmasiga namoz farz bo‘lgunicha namoz amallarini, ro‘za farz bo‘lgunicha ro‘za amallarini o‘rgatib qo‘yish farz. 10 yoshida esa عَنْ سَبْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مُرُوا الصَّبِيَّ بِالصَّلَاةِ إِذَا بَلَغَ سَبْعَ سِنِينَ، وَإِذَا بَلَغَ عَشْرَ سِنِينَ فَاضْرِبُوهُ عَلَيْهَا. زَادَ فِي رِوَايَةٍ: وَفَرِّقُوهَا بَيْنَهُمْ فِي الْمَضَاجَعِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَأَحْمَدُ وَالتِّرْمِذِيُّ Sabra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Bola etti yoshga etganda uni namozga buyuringlar. O‘n yoshga etsa, uning uchun uringlar», dedilar».
Boshqa rivoyatda:
«Yotar joylarini ajratinglar», deb ziyoda qilingan.
Abu Dovud, Ahmad va Termiziylar rivoyat qilganlar.
Bu hadisdagi hukm ro‘zaga ham ta’alluqlidir. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:41 | Savol-javoblar | 161 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar