Majburiy nikoh

Assalomu alaykum hurmatli ustozlar! Alloh biz uchun ajratayotgan vaqtilar uchun sizlarni O‘zi mukofotlasin! Bir ayol, erdan ajragan o‘z qizini, xohishiga qarshi bo‘lib, bir 2-3 marta uylanib ajrashgan erkakning nikohiga o‘tishiga majburladi. Qiz norozi bo‘lgach onasi majburlab, urib, har kuni janjal qilib, qamab, hattoki shu insonga erga tegmasen oq qilaman deb, shunga o‘xshash qilmagan chorasi qolmagach qiz ilojsizlikdan rozi bo‘ldi, bu hammasidan, ya’ni ayol majburlanayotganidan erkak ham xabari bo‘lgan. Keyin shar’iy nikoh o‘qildi, albatta guvohlar oldida qabul qildi va bag‘ishladi, lekin qiz o‘sha kundan keyin uzoqroq qarindoshinikiga qochib ketdi. Shu holatda erkak va ayol bir biriga er-xotin hisoblanadimi yoki nikoh majburiy bo‘lganligidan haqiqiy hisoblanmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nikohning shartlari topilgan bo‘lsa, nikoh bog‘lanadi. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 10:46 | Savol-javoblar | 95 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar