Ofitsiant mehnat ta’til maoshi

Assalomu alaykum! Men Londonga o‘qishga kelganimda bilib bilmay ofitsiant bo‘lib ishlaganman (halol bo‘lmagan ovqat eyilishida hissam bo‘lgan) keyinchalik buni bilib ishni to‘xtatdim va shu bilan virusni deb ishlar ham to‘xtadi. Biz mehnat ta’tiliga chiqdik lekin ungacha men ishimdan voz kechib bo‘lgan edim shunchaki qonuniy ishdan bo‘shamagan edim. Virus sababli ishsiz odamlarga davlat tomonidan furlough(mehnat ta’tili maoshi) berish qonuni kuchga kirdi va men o‘sha agentvada haliham hujjatlarim borligi uchun menham bu pulni 5 oydan beri olib kelyabman. Savolim shu pul halolmi? Men bu ishni allaqachon to‘xtatganman lekin davlat meni stajim borligi uchun va hozircha ish yo‘qligi uchun pul beryapti. Barcha ishlgan pulimni o‘rtachasining 80% berilmoqda , davlat 70% bermoqda ishxona 10% zini. Lekin men umuman harom bo‘lgan ish qilmadim tog‘ri oldin qilgandurman lekin ular uchun maoshimni olib bo‘lganman va hozirda boshqa ish qilyabman. 1. Shu olayotgan (mehnat ta’til) pulim halolmi. 2.Ofitsiantlik qilib topgan pulimni kontrakga ishlatdim va eb ichdimham va bu ishim hato bo‘ldi harom luqma edim. Harom luqma egan insonni 1 yilli savobi qabul qilinmas ekan. Nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). O‘sha erning muftiylaridan so‘rang. 2). Harom luqma egan odam tavba qilsa tavbasi qabul bo‘ladi va o‘qigan namozlari zimmasidan ado bo‘ladi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 11:31 | Savol-javoblar | 137 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar