Ayol kishini uydan haydasa taloq tushadimi?
Assalomu alaykum! Men ayolim bilan urishib qolganimizda, u judayam haddidan oshib ketgan paytlarida juda qattiq jaxlimni chiqarib yuborganidan, o‘zini bosib olsin degan niyatta “bor uyinga ket” deb uni uydan haydaganman, lekin taloq so‘zini hech qachon ishlatmaganman, chunki bu so‘zni javobgarligi katta ekanligini va ayol kishini taloq qilgandan keyin turmush qilib bo‘lmasligini bilardim, Hozirda biz yarashib oldik, lekin ayolimga ba’zi dugonalari bilan aloqa qilmasligini taqiqlasam yoki yaqinlik qilmoqchi bo‘sam u menga siz mani erim emasiz, mani haydagansiz oramizga taloq tushgan deydi, bu gapni qaerdan olding desam, u menga Qur’onda shunday yozilgan ayol kishini uydan haydasa taloq tushadi deb yozilgan imomlardan eshitdim deb javob beryapti. Sizdan shu masalaga oydinlik kiritib bershingizni iltimos qilaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Er uydan haydayotib taloq qilishni niyat qilsa taloq tushadi deyilgan. Bunda er taloq qo‘yishni niyat qilishi shart. Niyat qilmasa tushmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:46 | Savol-javoblar | 186 | Oila va turmush