Qazo ro‘zalari

Assalomu alaykum! Yoshim 22da xozirga qadar ro‘za tutmaganman, ya’ni 12 yoshimdan ro‘za farz bo‘lsa mani 10 yillik qarzim bor ekan. Men shu qazo ro‘zalarimni qay tartibda tutaman, 1 kuniga 60 kun tutamanmi yoki 1 kuniga 1 kunmi degan savolimga “Umuman tutmagan bo‘lsangiz 1 kuniga bir kun tutasiz” deb javob beribsilar. Man esliman uydagilarga qiziqib tutib ochib yuborgan paytlarimni esliman. Ya’ni bunaqa farzligini bilmaganman desam ham bo‘ladi. Shunday holatda nima qilaman qay tartibda tutaman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Balog‘atga etganingizdan keyin qasddan ochib yuborganlaringizga 60 kundan kafforat ham tutasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:46 | Savol-javoblar | 138 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar