Erim menga tuxmat qildi
Assalomu alaykum! Yoshim 31da. 2 ta o‘g‘lim bor. Turmushimga 8 yil bo‘ldi. Xujaynim va men 5 vaqt namozlarimizni o‘qiymiz. Xo‘jaynim meni hurmat qilardilar. Men ham xo‘jaynimni yaxshi ko‘rardim va juda hurmat qilardim. Bir kun ishdan keldim, xo‘jaynim “shomga kech bo‘lyabdi onasi, kirib tahorat olib o‘qib ol” dedilar. Men sal hidlanganday bo‘libman, tahorat olishni o‘rniga g‘usl qilib oldim. Chiqsam xo‘jaynim eshik oldida: «nega g‘usl olding?» deydilar. E’tibor bermadim, “terlabman dadasi” dedim. Borib shomni o‘qidim. Keyin boshlandi hammasi, shunday chiroyli erim meni tuhmatda ayblay boshladi. Boshida men kuldim, «tavba deng dadasi, terlabman dedimku» dedim. Xo‘jaynim kulganimgami qattiq g‘azablandi, «kim bilan zino qilib kelyabsan? Uyalmay yana shom o‘qiysan, bollaringni o‘ylamadingmi? Men seni qoniqtirmayabmanmi?» deb baqirib ketdi. Men “dadasi yuring ishxonamga isbotlab beraman oldimda sheriglarim bor har doim” dedim. O‘sha kecha uxlamadik ikkalamiz ham. Bollar uxlab qoldi. Boshida og‘rinib gapirdilar, oxiriga kelib meni fohishaga chiqarib, 8 yil ichida aytilmagan gaplar aytildi, shunaqa xunuk so‘zlar, tuhmat. Kutmagandim, juda qattiq og‘rindimo‘ oylardan so‘ng erim yaqinlashmoqchi bo‘lganda, Allohdan qo‘rqib qarshilik qilmadim. Mana 6 oy bo‘lyabdi. Hozirgacha oramiz yaxshimas. Agar jahli chiqib kelsa yana boshlaydi, “sen zinokorsan” deb. Nima qilay? Qanday yashay? 2. Allohga aytganim bor, bizni oxiratda yuzlashtirsin. Va xo‘jaynim menga bergan azoblari uchun, xo‘jaynimni o‘shancha savobini menga olib bersin. Bunday niyat qilib, duo qilib gunohkor bo‘lmaymanmi? Balki bu boshqa biror gunohim uchun Allohni menga bergan jazosidir. Hayronman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tuhmatga qoladigan o‘rinlardan saqlaning degan hadislariga amal qilmagan bo‘lsangiz kerakda. Erkaklar ko‘chada ko‘rgan ayollaridan ta’sirlanib fikr yuritadilar. Eringiz aytgandek ayollar hozir juda ko‘p. Ziyrak bo‘lishingiz kerak edi. Hozirdan savoblarini ovolaman desangiz qiyomatda nima derkansiz?! Oila bir-biridan o‘tgan xatoliklarni kechirish ustiga quriladi. Kechirsangiz bir kun siz ham kechirilasiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:49 | Savol-javoblar | 158 | Ayollarga oid masalalar