"Uzrli savob"
Assalamu a‘laykum, ustoz, din ishlaridagi hizmatlariz uchun Alloh sizdan rozi, bo‘lsin, biz birodarimiz bilan bir mavzuda bahlashib qoldik, va sizdan juda iltimos qilib shu savoldagi javobda bizga yordam berishingizni iltimos qilamiz, Alloh sizdan rozi bo‘lsin!Ustoz, masalan, bir rus birodarimiz ertalab islomni qabul qildi, va kechqurun ziyorat bersa va unda go‘sht qo‘ysa o‘sha go‘shtni halol yoki haromligini so‘rasa bo‘ladimi yo yo‘qmi?Bizda bahs shu haqida ketdi, ya‘ni Oisha :ra dan kelgan hadisdagi ma‘no bo‘yicha bismillah deb esa bo‘laveradi dedi va undan bu go‘sht halolmi yoki harommi deb so‘sh mumkin emas Rasululloh so‘ramaganlar deyildi, ikkinchi taraf so‘rash mumkin deyildi va hadis olib kela olmadi, savol shundaki shu paytda u rus birodardan go‘shtni halol yoki haromligini so‘rasa bo‘ladimi yoki yo‘qmi? Agar bo‘lmasa bunga hadis keltirildi, agar bo‘lsa bunga qandaydur hadis bormi? iltimos ustoz, bu javobni ikki taraf ham o‘qiydi inshaalloh, hujjat bersangiz mamnun bo‘lardik, chunki bizda sizning kitoblaringizni o‘qishga hozircha imkon yo‘q.Alloh ishlaringizga baraka oilangizga tinchlik bersin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi.«Ular:«Ey Allohning Rasuli, johiliyatga yaqin bo‘lgan qavmlar bizga go‘shtlar keltirurlar. Ularga Allohning ismi aytilganmi yoki aytilmaganmi, bilmaymiz, ularni eyaveraylikmi?» dedilar. Bas, U zot:«Allohning ismini aytib eyaveringlar», dedilar».Abu Dovud, Buxoriy va Nasaiy rivoyat qilganlar.Ushbu hadisni imom Molik ham rivoyat qilib, oxirida «Bu Islomning avvalida bo‘lgan edi»ni ziyoda qilgan ekanlar. Ana shundan ushbu hadisi sharif nasx qilingan va unga amal qilish to‘xtaganligi anglashiladi.So‘yish vaqtida «Bismillahi»ni aytish so‘yishning ikki shartidan birinchisi hisoblanadi. Bunga bir necha dalillar bor:1. Alloh taolo «Haj» surasida quyidagilarni aytadi:«Va tuyalarni siz uchun Allohning nishonlaridan qildik. Ularda sizga yaxshilik bor. Ularga old oyoqlaridan biri bog‘liq turgan holida Allohning nomini zikr qiling. Yonlari erga tekkanida esa, bas, ulardan eng va qanoatli va tilangan kambag‘allarni ham taomlantiring. Shunday qilib, Biz ularni sizga bo‘ysundirib qo‘ydik. Shoyadki shukr, qilsangiz».Alloh subhanahu va taolo ushbu oyati karimada qurbonlik qilinadigan hayvonlarning eng kattasi bo‘lmish tuya haqida so‘z yuritmoqda.«Va tuyalarni siz uchun Allohning nishonlaridan qildik».Ya’ni, tuyalarni Allohning dinidagi ulkan ibodatda qurbon etiladigan hayvonlardan qildik.«Ularda sizga yaxshilik bor».Tuyalarda odamlar uchun ko‘plab yaxshiliklar bor. Kerak bo‘lganida minadilar, yuk ortadilar, markablarga qo‘shadilar, sutini ichadilar, go‘shtini eydilar, terisidan, junidan foydalanadilar, sotib, moddiy manfaat ko‘radilar. Eng muhimi, ularni qurbonlikka so‘yib, Allohga qurbat hosil qiladilar.«Ularga old oyoqlaridan biri bog‘liq turgan holida Allohning nomini zikr qiling».Tuya tik turgan holida, old oyoqlaridan biri bo‘yniga bog‘lab turilib so‘yiladi. Bu holni arab tilida bir so‘z bilan «savaffa» deyiladi. Demak, tuyani qurbonlikka so‘yish uchun old oyoqlaridan birini bog‘lab qo‘ygan chog‘da Allohning nomini zikr qilib so‘yish kerak.Ya’ni, «Bismillahi, Allohu akbar. Allohumma, minna ilayka», deb turib so‘yish kerak.2. Alloh taolo «An’om» surasida bundoq deydi:«Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni emanglar. Albatta, bu ish fisqdir. Albatta, shaytonlar o‘z do‘stlariga sizlar bilan tortishishni vasvasa qilurlar. Agar ularga itoat qilsangiz, sizlar ham mushriklardan bo‘lursizlar».Ulamo ahllarimiz ushbu oyatning tafsirida, agar musulmon kishi hayvonni so‘yayotib, Allohning ismini zikr qilishni unutib qo‘ysa, so‘ygan go‘shti halol, deganlar. Ammo bilib turib, qasddan zikr qilmasa, unday go‘sht harom bo‘ladi. «Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni emanglar».Shuningdek, avval o‘tgan oyatlarning hukmiga binoan, ahli kitoblarning so‘yishi ham haloldir. Boshqalarini esa, eyish mutlaqo mumkin emas.«Albatta, bu ish fisqdir».Ya’ni, Allohning nomi zikr qilinmay so‘yilgan hayvonning go‘shtini eyish fisq, ya’ni, din amridan chiqishdir.«Albatta, shaytonlar o‘z do‘stlariga sizlar bilan tortishishni vasvasa qilurlar».Shaytonning do‘stlari bo‘lmish kofir va mushriklar imkonlari boricha sizlar bilan tortishadilar. Turli masalalarda, jumladan, Allohning nomi zikr etilmay so‘yilgan hayvonlar go‘shti haqida ham tortishadilar. Sizlar ularning gaplariga, tortishuvlariga hech e’tibor bermasliklaring kerak.«Agar ularga itoat qilsangiz, sizlar ham mushriklardan bo‘lursizlar».Allohning gapini uqmay, o‘zganing gapiga yurgan odam mushrik bo‘lmay, kim mushrik bo‘lsin?! Allohning amrini tutmay, boshqaning amrini tutgan kishi mushrik bo‘lmay, kim mushrik bo‘lsin?! Hatto, hayvonlarni so‘yishda Allohdan boshqaning amrini tutish ham shirk hisoblanadi. Kofir bo‘lish esa, umuman boshqa kulfat. Musulmon bilan kofirning orasidagi farq juda ham ulkan:3. Alloh taolo «An’om» surasida aytadiki:«Agar Uning oyatlariga iymon keltirguvchilardan bo‘lsangiz Allohning ismi zikr qilingan narsadan eng!»Ya’ni, haqiqiy mo‘min bo‘lsangiz, Allohning nomi bilan so‘yilgan hayvonlarning go‘shtidan ozuqlaning. Kishi hayotida oziq-ovqat muhim o‘rin tutganidan, xususan, tanovul qilinadigan taomning halol bo‘lishi muhimligidan, iymonni o‘rtaga qo‘yib, Allohning nomi zikr qilinib so‘yilgan hayvonning go‘shtini eyishga amr qilinmoqda:«Agar Uning oyatlariga iymon keltirguvchilardan bo‘lsangiz Allohning ismi zikr qilingan narsadan eng!»Bu, boshqasini emang, deganidir. Voqelikda ba’zi odamlar e’tiborsizlik yoki arzimas bahonalar bilan halol hayvonlarni so‘yishda Allohning nomini zikr qilishni yo‘lga qo‘ymasalar, boshqalari undan ham arzimagan bahonalarni ro‘kach qilib, o‘sha go‘shtlarni eyishni o‘ziga, farzandlariga ravo ko‘radilar. Aslida esa, ularning bandalik burchlari halol-pok, Allohning nomini zikr qilib so‘yilgan hayvonlarning go‘shtinigina eyishni taqozo etar edi.«Sizga nima bo‘ldiki, Allohning nomi aytib so‘yilgan narsani emas ekansizlar?! U sizlarga harom qilgan narsalarini batafsil bayon qilib bergan-ku?! Magar muztar bo‘lganingizda, mayli. Albatta, ko‘pchilik bilmasdan, hoyu havaslari ila adashtirurlar. Albatta, Robbing tajovuzkorlarni yaxshi bilguvchidir».Agar mo‘min-musulmon bo‘lsangiz, Allohning hukmiga taslim bo‘lib, iymon keltirgan bo‘lsangiz, Alloh sizga O‘zining nomi aytib so‘yilgan hayvonlarning go‘shtidan emoqni buyurgan ekan.«Sizga nima bo‘ldiki, Allohning nomi aytib so‘yilgan narsani emas ekansizlar?!»Unda musulmonligingiz qoldimi?«U sizlarga harom qilgan narsalarini batafsil bayon qilib bergan-ku?!»O‘sha batafsil bayon qilingan harom narsalar ichida hamma narsa aytilgan-ku. Jumladan:«Magar muztar bo‘lganingizda, mayli», ham deyilgan-ku.Ya’ni, noiloj holga tushib, emasangiz halokatingiz muqarrar bo‘lib qolganda, haddan oshmay, harom narsani esangiz ham, mayli, deyilgan-ku. Hamma narsa ayon bo‘lib turib, nimaga yana ortiqcha gap qilasiz?«Albatta, ko‘pchilik bilmasdan, hoyu havaslari ila adashtirurlar».Jumladan, halol-harom masalasida. Allohning nomi zikr qilinmay so‘yilgan hayvonlarning go‘shtini iste’mol qilish masalasida ham xoh bilmasdan, xoh bilib turib, ammo havoyi nafsning gapiga kirib, odamlarni adashtiradilar. Odamlarga noto‘g‘ri fatvo beradilar.«Albatta, Robbing tajovuzkorlarni yaxshi bilguvchidir».U O‘zining hukmiga tajovuz qilib, harom narsalarni, Allohning nomi aytilmay so‘yilgan hayvonlar go‘shtini eganlarni juda yaxshi biladi va ularga tegishli jazoni beradi. Shuningdek, ilmsiz, havoyi nafsning ko‘yiga kirib, bu masalada va boshqa masalalarda odamlarni adashtirganlarni ham yaxshi biladi va ularga ham tegishli jazosini beradi.4. Alloh taolo «Moida» surasida ov halol bo‘lishi uchun ham «Bismillahi»ni aytish shart ekanligini bayon qiluvchi oyatda quyidagilarni aytadi:«Sendan ularga nima halol qilinganini so‘rarlar. Sen: «Sizlarga pok narsalar halol qilindi. Ovchi itlarga o‘xshatib, Alloh sizga o‘rgatgan narsalardan ularga ham o‘rgatgan ovchi hayvonlaringiz sizga tutib bergan narsadan englar. Ularga Allohning ismini zikr qilinglar. Allohga taqvo qilinglar. Albatta, Alloh hisobi tezkor zotdir», deb ayt!»5. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Adiy ibn Hotim roziyallohu anhuga:«Agar o‘rgatilgan itingni (ovga) qo‘ysang va ularga Allohning ismini zikr qilgan bo‘lsang, agar o‘ldirib qo‘ygan bo‘lsa ham eyaver. Modomiki, ulardan boshqa it ularga sherik bo‘lmasa, bo‘ldi», dedilar».Demak, it egasining uni ovga qo‘yib yuborish paytida «Bismillahi» aytishi shart, bundoq qilish so‘yish paytida «Bismillah» aytish o‘rniga o‘tadi. Taom uchun tanovuli halol qilingan hayvonlarni so‘yish paytida Alloh taoloning ismini aytishning shart qilib qo‘yilishi ulkan hikmatni o‘zida mujassam qilgandir. Ma’lumki, so‘yuvchiga ham, so‘yuluvchiga ham jonni Alloh taolo bergan. Alloh taolo bergan jon ila harakat qilayotgan so‘yuvchi, Alloh taolo jon bergan va unga taom uchun halol qilib qo‘ygan hayvonning jonini chiqarib go‘shtga aylantirish paytida unga jon bergan Alloh taoloni eslamasligi ulkan ma’naviy jinoyatdir. Ana shu jinoyat ila so‘yilgan hayvon haromga aylanishi ayni adolatdir.Agar so‘yuvchi Alloh taoloning ismini aytishni esidan chiqarib qo‘ysa, so‘ygani halol bo‘ladi. Chunki, shariatimizning umumiy qoidalaridan biri esidan chiqqan kimsaning afv qilinishidir. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘z hadislaridan birida uxlab qolgan, esidan chiqqan va majbur qilingan afvli ekanligini bayon qilganlar.Ba’zi rivoyatlarda zikr qilinishicha, odamlar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan so‘yish paytida «Bismillahi»ni esidan chiqarib qo‘yish haqida so‘raganlarida U zot alayhissalom «Allohning ismi har bir musulmonning qalbidadir», degan ekanlar.Ulamo ahllarimiz, agar so‘yish paytida «Bismillahi»ni aytishni unutganning so‘yishini harom, deyilsa, ulkan torlik bo‘lar edi, deganlar.So‘yuvchi «Bismillahi»ning nima ekanini idrok etishi va to‘liq ayta olishi ham shart.So‘yuvchi hayvonning tomog‘iga pichoq tortayotib «Bismillahi, Allohu akbar» demog‘i kerak.So‘yish paytida Alloh taoloning ismidan bosh-qa ismni aytib bo‘lmaydi. Hatto, «Bismillahi, Allohu akbar, bu Falonchidan qurbonlik», deyish ham makruhdir.Atash uchun biror narsa aytmoqchi bo‘lsa, hayvonni yotqizishdan yoki «Bismillahi»ni aytishdan oldin aytsa, mumkin.Imom Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja va Ahmadlar qilgan rivoyatda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam jonliqqa pichoq tortib bo‘lib:«Ey bor Xudoyo, ushbuni Muhammadning ummatidan, Sening vahdoniyatingga va mening etkazishimga shahodat keltirganlardan qabul qil», deganlar. Endi so‘yilgan hayvonning halol bo‘lishi uchun «Bismillahi»ning aytilishidan keyingi ikkinchi sharti, ya’ni so‘yuvchiga qo‘yilgan talab–«So‘yuvchi musulmon yoki kitobiy bo‘lishi shart»ligi haqida ham qisqacha gapirib o‘taylik. So‘yuvchi musulmon bo‘lishi va so‘yish paytida «Bismillahi»ni aytishi shartligi hammaga ma’lum.Ahli kitobning so‘ygani halol bo‘lishi «Moida» surasidagi:«Bugungi kunda sizlarga pok narsalar halol qilindi. Kitob berilganlarning taomi siz uchun haloldir. Sizning taomingiz ular uchun haloldir»oyati karimasiga binoandir.Bulardan boshqalarning, jumladan, murtad va dinsizlarning so‘yishi ham haromdir.Ahli kitobning ayollari so‘ygan narsa ham, xuddi muslima ayollar so‘ygan narsa kabi haloldir. Shuningdek, balog‘atga etmagan bolalarniki ham.Majusiy va murtad ovlagan baliq va chigirtka haloldir. Chunki u narsalarga «Bismillahi» aytish shart emas.
3 May 2022, 10:25 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom