Savol berishdan oldin juda ko‘p o‘yladim
Assalomu alaykum! Ota-onamni juda yaxshi ko‘raman. Menga yaxshi tarbiya berganlar deb hisoblayman. Men bir umr ulardan qarzdorman. Ular menga omonat. Shuni o‘ylasam qo‘rqib ham ketaman. Lekin oxirgi vaqtlarda kelishmovchilik chiqyapti. Mendan xafa bo‘lganlar. Gaplashmayaptilar. O‘zim uydan uzoqda o‘qiganim uchun har kuni 1 marta telefonda gaplashardik. Sabab esa meni ro‘molim. Uyda har xil bahonalar topib o‘rolsam o‘rayman, bo‘lmasa echtiradilar. Uydan uzoqda o‘rab yuraman. “Nasib bo‘lsa to‘yingda o‘ramaysan” dedilar. “Xo‘p” deb rozi bo‘ldim. Men harakat qilyapman, xalqaro olimpiadalar, konferentsiyalarda ro‘mol bilan chiqyapman. Oliy o‘rinlarni olib kelyapman, o‘qishlarim yaxshi, lekin baribir ota-onamni ko‘ndirolmayapman. Ular ham namoz o‘qiydila, ro‘za tutadilar. Mendan xafaliklari uchun ichim yonib ketyapti. Yaqinda o‘qish tugaydi, uyga borishim kerak. Bilaman, ota-onaga dinga qarshi narsadan boshqa hammasiga bo‘ysunish kerak. Hozircha ro‘molimni echib, to‘ydan keyin o‘rasammikin deb o‘ylab qolamanda, darrov fikrimdan qaytaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu sizni imtihoningiz. Chiroyli o‘tish o‘tmaslik ixtiyori sizga berilgan. Aslo tortishmang. Xo‘p deb bilganingizni qilavering. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:50 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu sizni imtihoningiz. Chiroyli o‘tish o‘tmaslik ixtiyori sizga berilgan. Aslo tortishmang. Xo‘p deb bilganingizni qilavering. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:50 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush