sajda oyati

xurmatli ustoz, Alxamdulillox man kuro’n ukiyman , Sajda oyatlariga kelganimda , nima kilarimni bilmay xayron bulaman, darxol turib, sajda kilaymi, sajdani bir bor kilaymi yo ikki Iltimosim shuki, ustoz manga kanday sajda kilishni urgatsangiz. Oldindan katta raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
TILOVAT SAJDASI HAQIDAGI FASLTilovat sajdasi ikki takbir orasidagi vojib sajda bo‘lib, uning shartlari namozning shartlari kabidir. Unda qo‘l ko‘tarish, tashahhud va salom yo‘q. Unda sajdada aytiladigan tasbih bo‘ladi.U quyidagi o‘n to‘rt oyatdan birini tilovat qilgan yoki eshitgan odamga vojib bo‘ladi: «A’rof» oxiri, «Ra’d», «Nahl», «Bani Isroil», «Maryam», « Haj»ning birinchisi, «Furqon», «Naml», «Alif laam miym Sajda», «Sod», « Haa miym Sajda», «Najm», «Inshaqqot» va «Iqro». Imom sajda oyatini tilovat qilganda uni eshitgan kimsa so‘ngra unga boshqa rak’atda iqtido qilsa, xuddi o‘zi bilan bo‘lmagan odamdan sajda oyatini eshitgan namozxon kabi, namozdan so‘ng sajda qiladi. Kim o‘sha rak’atda imomning sajdasidan ke-yin iqtido qilsa, tilovat sajdasini qilmaydi. Ammo oldin iqtido qilsa, agar eshitmagan bo‘lsa ham, u bilan birga tilovat sajdasini qiladi. Agar muqtadiy sajda oyatini tilovat qilsa, uni tashqaridan eshitgan kimsagina sajda qiladi.Namozdagi tilovat sajdasi tashqarida qazo qilinmaydi. To‘xtalmasdan qilingan ruku’ tilovat sajdasidan o‘rinbosar bo‘ladi. Agar bir majlisda yoki namozda sajda oyatini bir necha bor takror qilsa, bir sajda kifoya qiladi. Tinglovchida o‘zining majlisi e’tiborga olinadi. Kiyim to‘qishdagi yurish va bir shoxdan boshqa shoxga o‘tish joyni o‘zgartirishdir. Sajda oyatining o‘zini tark qilish makruhdir. Aksi makruh emas. Unga boshqasini qo‘shish mandubdir. Uni tinglovchidan maxfiy qilish yaxshidir. Ushbu faslda Qur’oni Karimdagi sajda oyatlarini tilovat qilinganda sajda qilish, uning fazli, hukmlari va shunga oid boshqa masalalar o‘rganiladi.Odam bolasining baxt-saodati Alloh taoloning amri¬ga bo‘ysunib, sajda qilishidadir. Ana o‘sha sajdalar ichida tilovat sajdasi ham bor. Chunki, har bir tilovat sajdasida Alloh taologa sajda qilish haqida amr, shu ma’nodagi gap bor.Endi «Muxtasari Viqoya»dagi matnni sharhlashga o‘taylik.Tilovat sajdasi ikki takbir orasidagi vojib sajda bo‘lib, uning shartlari namozning shartlari kabidir.Tilovat sajdasi bir sajda bo‘lib unga bosh qo‘yilayotganda bir takbir va undan bosh ko‘tarilayotganda yana bir takbir aytiladi. Tilovat sajdasini qilish vojibdir. Uning vojibligi quyidagi dalillardan olingan:Alloh taolo «Sajda» surasida:«Albatta, Bizning oyatlarimizga qachon ular bilan eslatilsalar, kibr-havo qilmagan hollarida sajdaga yiqiladiganlar va Robbilariga tasbih ila hamd aytadiganlargina iymon keltirurlar», degan (15-oyat).Alloh taolo «Inshiqoq» surasida sajda qilmaydiganlarni mazammat qilib:«Va agar ularga Qur’on o‘qilsa, sajda qilmaslar?!» degan (21-oyat). Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sajda oyati bor surani qiroat qilib, sajda qilar edilar. Biz ham u zot bilan sajda qilar edik. Hattoki, birimiz peshonasiga joy topa olmay qolar edi».Uchovlari rivoyat qilishgan.Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sajda oyati bor surani qiroat qilib, sajda qilar edilar. Biz ham u zot bilan sajda qilar edik. Hattoki, birimiz peshonasiga joy topa olmay qolar edi».Uchovlari rivoyat qilishgan.Tilovat sajdasini qilish uchun shartlar namoz o‘qish uchun qo‘yilgan shartlarning ayni o‘zidir: musulmonlik, oqillik, balog‘atga etganlik va hayzu nifosdan pok bo‘lishlik. Tilovat sajdasi to‘g‘ri bo‘lishi uchun toharatli bo‘lish, badan, kiyim va makonning pokligi, qiblaga yuzlanish, satri avrat va niyat shart.Unda qo‘l ko‘tarish, tashahhud va salom yo‘q.Chunki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tilovat sajdasini qilganlarida bu narsalarni qilmaganlar.Unda sajdada aytiladigan tasbih bo‘ladi.Ya’ni, tilovat sajdasida turganda namoz sajdasida aytiladigan tasbihni aytiladi.U quyidagi o‘n to‘rt oyatdan birini tilovat qilgan yoki eshitgan odamga vojib bo‘ladi: 1. «A’rof» oxiridagi ikki yuz oltinchi oyat. 2. «Ra’d»dagi o‘n beshinchi oyat. 3. «Nahl»dagi qirq to‘qqizinchi oyat. 4. «Bani Isroil»(«Isro»)dagi bir yuz to‘qqizinchi oyat.5. «Maryam»dagi ellik sakkizinchi oyat. 6. « Haj»ning birinchisi, ya’ni, o‘n sakkizinchi oyat. 7. «Furqon»dagi oltmishinchi oyat. 8. «Naml»dagi yigirma oltinchi oyat. 9. «Sajda»dagi o‘n beshinchi oyat. 10. «Sod»dagi yigirma to‘rtinchi oyat. 11. «Fussilat»dagi o‘ttiz ettizinchi oyat. 12. «Najm»dagi oltmish ikkinchi oyat. 13. «Inshiqoq»dagi yigirma birinchi oyat. 14. «Alaq»dagi o‘n to‘qqizinchi oyat. Imom sajda oyatini tilovat qilganda uni eshitgan kimsa so‘ngra unga boshqa rak’atda iqtido qilsa, xuddi o‘zi bilan bo‘lmagan odamdan sajda oyatini eshitgan namozxon kabi, namozdan so‘ng sajda qiladi. Bir odam masjidga kirsa, imom sajda oyatini tilovat qilib tilovat sajdasini qildi va yangi rak’atga turdi. Haligi odam o‘sha yangi rak’atga kelib qo‘shildi. U namozni o‘qib, salom berib undan chiqqandan so‘ng tilovat sajdasini qiladi. Bu, xuddi, namoz o‘qiyotgan odam namozdan tashqaridagi yoki boshqa bir namozdagi odamdan sajda oyatining tilovatini eshitganga o‘xshaydi. U ham namozini o‘qib bitirganidan keyin tilovat sajdasini qiladi.Kim o‘sha rak’atda imomning sajdasidan ke-yin iqtido qilsa, tilovat sajdasini qilmaydi. Namozning ichida ham, uni tamom qilganidan keyin ham tilovat sajdasini qilmaydi. Chunki, u o‘sha rak’atga qo‘shilishi bilan mazkur rak’atdagi hamma narsalarni, jumladan, tilovat sajdasini ham topgan bo‘ladi.Ammo oldin iqtido qilsa, agar eshitmagan bo‘lsa ham, u bilan birga tilovat sajdasini qiladi. Ammo, mazkur shaxs imom tilovat sajdasini qilishidan oldin unga iqtido qilgan bo‘lsa, agar sajda oyatini eshitmagan bo‘lsa ham, imomga ergashib tilovat sajdasini qiladi. Chunki, niyat qilib iqtido qilgandan keyin, imomga ergashish lozim bo‘ladi.Agar muqtadiy sajda oyatini tilovat qilsa, uni tashqaridan eshitgan kimsagina sajda qiladi.Bunda sajda oyatini tilovat qilgan muqtadiy tilovat sajdasini qila olmaydi. Chunki, u bu ishni qilsa, imomiga xilof qilgan bo‘ladi. Uning imomi ham tilovat sajdasini qila olmaydi. Chunki, uning o‘zi sajda oyatini tilovat qilgani yo‘q. U muqtadiyga ergashishi mumkin emas. Mazkur muqtadiy bilan birga namoz o‘qiyotgan boshqa muqtadiylar ham tilovat sajdasini qila olmaydilar. Chunki, ular ham o‘z imomlariga ergashishlari shart. Ammo mazkur sajda oyati tilovatini namozdan tashqarida turib eshitgan odam tilovat sajdasini qiladi.Namozdagi tilovat sajdasi tashqarida qazo qilinmaydi. Chunki, mazkur sajda namozning barkamolligi sifatida vojib bo‘lgan edi. Namozning barkamolligi uchun qilinishi lozim amal namozdan tashqarida qilinmaydi.To‘xtalmasdan qilingan ruku’ tilovat sajdasidan o‘rinbosar bo‘ladi. Ya’ni, birov namozda sajda oyatini tilovat qilgandan keyin uch oyat o‘tguncha ruku’ qilsa, o‘sha ruku’ tilovat sajdasi o‘rniga o‘tadi. Ibn Umar roziyallohu anhu namozda sajda oyatini tilovat qilgandan keyin ruku’ qilib qo‘yar edilar. Chunki, ruku’ ham mutavozelik uchun qilingan. Sajda ham shunga qilingan. Agar sajda oyatini tilovat qilgandan keyin tilovat sajdasini niyat qilib namozning odatdagi ruku’ini va yana tilovat sajdasini niyat qilib namozning navbatdagi sajdasini qilsa, ham namozning, ham tilovat sajdasining o‘rniga o‘tadi. Agar niyat qilmasa, o‘tmaydi.Agar bir majlisda yoki namozda sajda oyatini bir necha bor takror qilsa, bir sajda kifoya qiladi. Sajda oyatini tilovat qiluvchi uni masjidda, kichik uyning ichida, yurib borayotgan ulov yoki kemaning ustida yoki namozdan oldin qilgan qiroatni o‘sha erda namozda takror qilsa, bir sajda kifoya qiladi. Chunki bu holatlarning barchasida makon bitta hisoblanadi va tilovatlar bir-biriga kirishib ketadi.Bunda takrorni qilib bo‘lib sajda qilsa ham, sajdani qilib olib takror qilsa ham, baribir. Tilovat qiluvchi yodlash uchun, ta’lim uchun, e’tibor yoki fahmlash uchun takror qiladi. Bularning har birida sajda qiladigan bo‘lsa, qiyinchilik tug‘iladi va o‘shandan qochib takrorni tark qilish xavfi tug‘iladi. Alloh taolo esa diynda qiyinchilikni ravo ko‘rmaydi. U zot O‘z kitobida: «Sizlarga diynda haraj yo‘q» degan. Yana boshqa bir oyatda: «Alloh sizlarga osonlikni iroda qiladi, qiyinchilikni iroda qilmaydi», degan.Tinglovchida o‘zining majlisi e’tiborga olinadi. Sajda oyatini tinglovchiga tilovat sajdasining vojib bo‘lishi uning majlisi e’tiboridan bo‘ladi. Tilovat qiluvchi bir necha joyda tilovat qilgan bo‘lsa ham, tinglovchi bir joyda eshitgan bo‘lsa, bir marta tilovat sajdasi qiladi. Agar tilovat qiluvchi bir joyda o‘tirib tilovat qilsa va tinglovchi joyini almashtirib turgan bo‘lsa, almashgani adadicha sajda qiladi.Kiyim to‘qishdagi yurish va bir shoxdan bosh-qa shoxga o‘tish joyni o‘zgartirishdir. «Kiyim to‘qishdagi yurish» deganda avvalgi vaqtdagi qo‘l bilan o‘rmak o‘rnatib mato to‘qish anglanadi. Bunda ma’lum masofaga qoziq qoqilib, yigirilgan ipni o‘sha qoziqlar orasidagi masofaga borib-kelib to‘qishga tayyorlangan. Demak, o‘rmakning bir tarafida turganda sajda oyatini o‘qisa yoki eshitsa bir tilovat sajdasi, narigi tarafga borganda eshitsa, yana bir tilovat sajdasi vojib bo‘lgan. Shuningdek, daraxt ustida bo‘lgan odam shoxdan shoxga o‘tsa ham joyi o‘zgargan hisoblanadi. Unga ham necha marta shoxdan shoxga o‘tsa, shuncha tilovat sajdasi vojib bo‘ladi.Sahroda va yo‘lda uch qadam yurilsa, bir majlisdan ikkinchi majlisga o‘tgan bo‘ladi va tilovat sajdasi qilish vojib bo‘ladi.Agar bir necha sajda oyatini tilovat qilsa, bir majlisda bo‘lsa ham, o‘sha oyatlarning adadicha sajda qiladi.Sajda oyatining o‘zini tark qilish makruhdir. Namozdami yoki namozdan tashqaridami, tilovat qila-yotganda sajda oyatining o‘zini qoldirib, undan keyingi oyatga o‘tib ketish makruhdir. Bunda sajdadan, Alloh taoloning toatidan yuz o‘girish sodir bo‘lgan bo‘ladi.Aksi makruh emas. Sajda oyatining yolg‘iz o‘zini tilovat qilish makruh emas. Bunda sajdaga qiziqish bor.Unga boshqasini qo‘shish mandubdir. Bir oyatni boshqa oyatdan afzal ko‘rishga o‘xshab qolmasligi uchun sajda oyatiga bir-ikki oyatni qo‘shib tilovat qilish yaxshi bo‘ladi.Sajda oyatini qiroat qilib turib oxiridagi sajda ma’nosidagi so‘zni tilovat qilmasa, sajda qilmaydi. Agar sajda ma’nosidagi so‘zning o‘zini tilovat qilsa ham, sajda qilmaydi. Uni tinglovchidan maxfiy qilish yaxshidir. Chunki, u tilovat sajdasiga tayyor bo‘lmasa, qiynalib qoladi. Misol uchun, toharati bo‘lmasligi mumkin.Qiroati maxfiy bo‘lgan namozda imom sajda oyatini tilovat qilishi makruh. Bunda muqtadiylarga shubha tushadi. Nima uchun sajda qilganlarini bilmay qoladilar.Jum’a va iyd namozlarida sajda oyatini tilovat qilish ham makruh. Agar imom minbarda sajda oyatini tilovat qilsa, o‘zi minbarda turib yoki undan tushib tilovat sajdasini qiladi. Tinglovchilar ham tilovat sajdasini qiladilar.Tilovat sajdasini avval o‘rindan turib, keyin qilgan afzal. Sajda oyatini tilovat qilgan odam sajdadan bosh ko‘tarmagunicha, tinglovchi boshini ko‘tarmaydi.
21 Aprel 2022, 07:42 | Savol-javoblar | 84 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar