Erkaklar avrati
Assalomu alaykum! Bilamizki, erkaklarning avrati kindik ostida to tizzaning ostgi qismigacha. Erkaklarning ushbu qismini hammadan berkitishi kerakmi, ya’ni xoh ayol bo‘lsin, xoh erkak (aka-uka va otasidan) hammi? Bu savolimning berilish sababi hozirgi kunda ayol avrati berkitilishiga ko‘p e’tibor berilib erkaklarning avrat joylarini berkitilishiga e’tibor berilmayapti. Vaholanki, balog‘atga etgan har bir odam avratini berkitishi kerak. Hozirda esa aksincha balog‘atga etgan bo‘lsa ham hali yosh deb kalta shortik kiyib yurishiga hech qanday e’tiroz bildirishmaydi. Hatto yoshi 20 ga borib qolgan yigitlar ham misol uchun futbol o‘ynayotganda hamma ko‘z o‘ngida stadionda kiyim almashtirishadi. Faqat erkaklar-ku deb hech ham uyalishmaydi, ba’zilarida “qizlar mendan uyalsin” deb qo‘yishganini ham eshitamiz. Ushbu erkak avrati haqida batafsilroq aytib o‘tsangiz va bu haqida ijtimoiy tarmoqlardagi kanallaringizga ham joylashtirsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariat erkakning avratini miqdorini tayinlab, yopishni farz qilgan. Uni ochish kabira gunohlardan bo‘ladi. Ularni aytayotgan gaplari shaytonning gapidir. Chunki shayton behayolikka boshlaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:51 | Savol-javoblar | 174 | Halol va harom