Namozda o‘qish kerak bo‘lgan oyat

Assalomu alaykum! Shanba kuni xojat namozi haqidagi savolga javob berilgan ekan. Unda to‘rt rakat namoz o‘qiladi. Fotihadan keyin 1-rakatda 100 marta Laa ilaaha illaa anta subhaanaka innii kuntu minozzoolimiin. 2-rakatda Robbi annii massaniyaddurru va anta arhamurrohimiin. 3-4-rakatda 100marta 2ta duo o‘qish kerak ekan. Namozda 100 marta qanday hisoblasa bo‘ladi adashib ketishmumkin.Barmoqqa taqilanidigan elektron tasbehdan foydlansa bo‘ladimi adashmaslik uchun ora oradabir qarab olsa 100 borganda to‘xtatish uchun. Namozdan keyin o‘qiladigan Robbi annii mag‘luubun fantasir duosining arabchasi qanday? Oyatdan olingan bo‘lsa qaysi suraning qaysi oyatida bor to‘g‘ri o‘qish uchun kerak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘lingizga tasbeh olib(elektron tasbehdan ham foydalanishingiz mumkin) Qomar surasi 10-oyatdagi “Albatta, men mag‘lub bo‘ldim, yordam ber” dedi deyilgan. Siz esa "Robbi annii" deb o‘qiysiz.  فَدَعَا رَبَّهُ أَنِّي مَغْلُوبٌ فَانتَصِرْ۝ 10. Shunda Robbiga: «Albatta, men mag‘lub bo‘ldim, yordam ber», – deya duo qildi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 06:59 | Savol-javoblar | 148 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar