Moshinamni sotdim zakot beramanmi?

Assalomu alaykum! Mashinamni qarzga sotdim, ozgina qismini yaqinda oldim, qolgan qismi uchun zakot beramanmi? Yoki faqat qo‘limda turgan qismi uchun zakot beramanmi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvaldan zakotga qodir bo‘lsangiz mashinani pulini hammasini qo‘shasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:55 | Savol-javoblar | 164 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar