Ariqdagi suv hukmi
Assalomu alaykum! Ustoz mahallada oqadigan ariqlarni suvini ichsa bo‘ladimi? Odatda ariqlarni kengligi 1-0.5-0.30 metr atrofida bo‘ladi. Odamlar ariqqa nopok narsa tashlashligi ham mumkin. Ko‘p holatda suv rangi loyqa bo‘ladi. Ho‘kizlar undan suv ichadi. Ariqni ichiga ho‘kizlar tushib olib o‘tlaydi. Ho‘kizlar tushgandan keyin najosat ham tushishi aniq(ko‘zim bilan ko‘rganman). Biz tarafda er sirtiga suv yaqin bo‘lgani uchun dalalarda er zaklamasligi uchun katta-katta kanal(zavr) kovlanadi o‘shanda zak suvlar oqadi. Kanalni ichidagi ariqda tiniq hattoki tagidagi tosh, ko‘m ko‘k o‘tlar ko‘rinadigan suv oqadi. Lekin ularda ham hayvonlar tushib olib o‘tlab yuradi. Yana suvda baqa, ilon yuradi. O‘sha suvni hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U suvlar pok. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 09:35 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U suvlar pok. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 09:35 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom