Adashdim
Assalomu alaykum! Men juda katta xato qildim. Og‘zimni yopib, bomdod namozini o‘qib, uxladim. Ertalab tursam ehtilom bo‘lib qolibman. Ich kiyimim juda xo‘l va shilimshiq bo‘lib ketibdi. Qaerdadir o‘qigandim agar uyquda ehtilom bo‘lsa, kiyimni almashtirib, tahorat qilib namoz o‘qisa bo‘ladi deb. Chunki uyquda rohatni sezmaydi, hech nimani sezmaydi, qachon bir maniy chiqayotganda rohatni sezsa keyin g‘usl vojib bo‘ladi deb. Men shunday qildim yani kiyimlarimni almashtirib tahorat qildim xolos. Keyin, bir joyda peshin namozni o‘qish uchun tayorgarlik ko‘rayotsam 5-6 kishi menga iqtido qildi. Asrni ham yana tahorat qilib o‘zim o‘qidim. Ko‘nglim to‘lmasdan, g‘ashlikni sezib "Zikr ahlidan so‘rang" savol-javoblarni o‘qib, bu holatda ham g‘usl qilish kerak degan javobni topdim. Aslida ertalab g‘usl qilmoqchi edim, ko‘nglim g‘ashligi tufayli. Ro‘za bo‘lganim uchun, suv kirib ketmasin qulog‘imdan yoki og‘iz, burnimdan deb g‘usl qilmadim. Sizlarni javoblaringni o‘qidimda darxol peshin va asrni qaytadan o‘qidim. Meni tashvishga solayotgan narsa haligi peshinda menga iqtido qilgan odamlarning namozi bo‘lyapti. Ularni deyarli kimligini ham eslay olmayman, bo‘lmasam aytar edim peshin namozlaringni boshqattan o‘qib olonglar deb. Endi qo‘rqib ketyapman mening namozim ado bo‘ldi. Lekin menga iqtido qilgan odamlarchi, qiyomayda ular uchun ham javob beramanmi, shularni o‘ylayapman. Endi nima qilay ustozlar ular uchun qaytadan namoz o‘qish kerak bo‘lsa, ularni har biri uchun peshin namozni qaytadan o‘qiyman agar shunday qilish mumkin bo‘lsa. Ustozlar kechiringlar ilmsizligim uchun men oldin ilmni har hil saytlar yoki kanallardan o‘rganib yurardim. Endi bo‘lsa faqat sizlarga ergashyapman. Qaerda bilmagan narsam bo‘lsa izlash xizmatidan foydalanib, bilmagan narsalarimni o‘rganib olyapman. Buning uchun sizlarga va sizlarga ta’lim bergan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlaridan Alloh rozi bo‘lsin! Ustozlar iltimos shu xolatda nima qilay va yana shunday holat bo‘lsa, agar ro‘za bo‘lsam ham, g‘usl qilaveraymi? Iltimos yordam bering o‘zimni shuncha gunohlarim turganda, endi menga iqtido qilgan odamlarni ham namozi uchun qiyomatda javob berishni xohlamayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ro‘zador g‘usl qilmaydi degan gap mutloq yo‘q. O‘sha joyga borib odamlarin topib aytishga harakat qiling. Bunga video kuzatuv kameralaridan foydalaning. Buning imkonini topolmasangiz, istig‘for ayting. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:59 | Savol-javoblar | 157 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ro‘zador g‘usl qilmaydi degan gap mutloq yo‘q. O‘sha joyga borib odamlarin topib aytishga harakat qiling. Bunga video kuzatuv kameralaridan foydalaning. Buning imkonini topolmasangiz, istig‘for ayting. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:59 | Savol-javoblar | 157 | Namoz