Bunday usulda olingan bilim halol va unda barokat bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Internet tarmog‘ida Udemy degan har xil videodarslar to‘plami(videokurs) larni sotadigan platforma mavjud. Undagi har bir videokurs pullik hisoblanadi. Undagi har bir kurs uchun chegirma kupon kodlari mavjud ekan. Telegram tarmog‘idagi bir kanalda Udemydagi kurslar uchun 100% chegirma bilan tekin olish uchun kupon kodlarini ulashib boradigan kanal bor ekan. Ular kodlarni qanday olayotgani menga nomalum. Men shu kanaldan kupon kodlarini olib Udemydagi kurslardan tekin foydalanayapman. Sizningcha bunday usulda olayotgan bilimim halolmi va unda baraka bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biz bilganimiz o‘g‘irlikcha foydalanish joiz emasligi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 11:02 | Savol-javoblar | 154 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar