Qazosini tutish kerakmi?

Assalomu alaykum! Saharlik qilgandan keyin milklarim qonaganini sezdim. Og‘zimni chaydim va qonni to‘xtatish niyatida og‘zimga sovuq suv oldim (o‘ng yonog‘imga yig‘ib turdim). Shu holatda bexosdan yutunib yubordim va tezda suvni tuflab tashladim. Suvni qaysidur qismi ichimga kirdimi yoki yo‘qmi bilmay qoldim, ammo suvni ta’mini sezganim yo‘q. Suv o‘ng yonog‘imga yig‘ilib turganga bo‘lsa kerak. Ammo keyin ichimga suv kirib ketmadimi, degan shubha o‘tdi. Ro‘zamni oxirigacha tutdim. Qazosini tutishim kerakmikan degan xayol bo‘ldi. Nima qilishim kerak? Buning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ehtiyotan bir kun tutib bering. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:08 | Savol-javoblar | 140 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar