Ramazonda shaytonni kishanlanishi

Assalomu alaykum. Institutda o‘qiyman. Ramazonda shaytonlar kishanlanar ekan demak inson vasvasa bo‘lmasligi kerak ekanda. Ro‘zadorman, qo‘limdan kelgancha harakat qilyapman. Ammo menda hamon turli bema’ni xayollar bor. Taroveh namozlarida uyqu bosib qolyapti. Amal qilayapman, lekin ba’zan ezilib ketaman. Agar faqat amalimni o‘ylasam, siqilib hech nimani qizig‘i qolmaydi. Dunyosiz dinni mahkam qilib bo‘larmikan? Yoki hamma balo o‘zimdamikan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shayton kishanlangani bilan nafsingiz bor. Ramazondan maqsad o‘sha nafsni tarbiya qilishdir. Siz mahkam bo‘lib, Allohdan ko‘p so‘rang. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:09 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar