Yangicha isrof

Assalomu alaykum! Shu yaqin kunlardan boshlangan isrofni yangicha turini ko‘pchilik hali bilmadi shakilli kundan kunga bu narsa kuchaymasdan odamlarni bu qivotgan ishlari faqat «Ahmoqlik» dan boshqa narsa emasligini siz aziz ustozlardan iltimos qilib so‘rab qolamanki bu narsa kuchayib ketmasidan oldini olishga. Gap shundaki Avtolarga qo‘yilvotgan davlat raqamini Juda kotta pullarga sotib olishlik shu darajaga etdiki odamlar kim o‘zarga, kim zo‘rligiga, kimni moddiy imkoni ko‘pligiga, kibrga, dunyoga haris bo‘lishga, o‘zini birovdan ustun qo‘yish va boshqa hurmacha qiliqlar ko‘payib bormoqda. To‘g‘ri bu ishlar kim oshdi tarzida raqamlar sotib olinvotdi lekin dinimizda misol uchun salafi solihlardan bazilari ko‘nglilariga tansiq taomni eyish kelib qolsa bu narsani har doim eyishni isrof bilishgan. Alloh qilayotgan ishlaringizni O‘zi madad bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu kabi pul sarflash Qur’onda man qilingan isrofga kiradi. Vallohu a’lam!

28 Iyul 2022, 09:36 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar