Pochchamning zakoti

Assalomu alaykum! Sizlarni kirib kelgan Ramazon oyi bilan muborakbod etaman! Ming iltimoslar bilan ikki savolim bor edi. Bu savolni opam va pochchamning nomlaridan yozmoqdaman. Savol:1) Hovlisini sotgan(300 mln) apam va pochcham zakot berishmoqchi. Oilada 5 qiz bulganligimiz sababli ota onam faqat pensiyaga arang yashashadi. Sogliqlari uziga yarasha, shu muayyan puldan pochcham zakot deb mulk qilib bersalar joizmi? 2) qolgan pullariga ota onam tomonlarda umuman masjidning yuqligi sabab, masjid qurulishiga sarflasalar zakot urniga utadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Agar pochchangiz avvaldan zakotga qodir bo‘lgan bo‘lsa sizlarga bersa bo‘ladi. 2). Zakot masjidga berilmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:11 | Savol-javoblar | 170 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar