Ota-onani rozi qilish harakati
Assalomu alaykum! Ota-onam bilan ba’zida tortishib turamiz. Masalan, biron bir ish buyursalar ma’suliyat bilan bajarmasam baqirib berishadi. Har safar ota-onamga yoqadigan ish qilaman xato qilib qolaman. Har qanday holatda ham xato qilishim tabiiy. Ota-onam ko‘p janjallashganligi sababli, men bilmadim negadir mehrim yo‘q. Bir urishganligidan keyin ozgina vaqt o‘tib yana hammasi joy-joyiga tushadi ( men buni oiladagi tabiiy holat deb tushunaman). Meni xafa qiladigani meni kam duo qilishlarida va mehr bermasliklarida. Aytinglar men qanday yo‘l tutay? Bu dunyo o‘tkinchi, oxirat abadiy. Men ota-onamni rozi qilishim uchun nima qilay? Men juda qiynalib kettim bularni o‘ylayverib. Ayniqsa " ota-onasiga oq bo‘lganlar bilganini qilaversin ularga hech narsa foyda bermaydi " deb eshitganimdan keyin yuragim ortga tortib ketdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ularning ehtiromini o‘z o‘rniga qo‘yib, xizmatlarini qiling. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Robb(Alloh taolo)ning roziligi otaning roziligiga bog‘liqdir. Robbning g‘azabi otaning g‘azabiga bog‘liqdir” deganlar. Alloh taolo Isro surasida “Ota-onanga uff dema, ularni jerkima” deb marhamat qilgan” degan. Fuqaholarimiz ota-ona xato qilsa ularni bir bor yaxshilikka buyuradi. Agar qabul qilsalar qanday ham yaxshi, agar xushlamasalar sukut qilish va ularning haqqiga duo-istig‘forlar bilan mashg‘ul bo‘lish kerak. Shunda Alloh taolo ikkisi tomonidan uni g‘amga solayotgan narsaga kifoya qiladi – deganlar. Ota-ona bilan baxslashsa bo‘ladimi degan savolga, ularning oyoq kiyimi bilan ham baxslashmaslik kerak deyilgan. Oxiratingizni kuydirib olmang. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:16 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush