Esa bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Uyimizga kolbasa olib kelindi. Bizda so‘rab surishtirilmaydi halolmi halolmasmi aynan nima hayvonni go‘shtidan bo‘lganligi. Yog‘ga tashlab qovurib eyishdi shu kolbasani men shubha qilib emadim. Keyinroq kartoshka ham qovurishdi o‘sha yog‘ning o‘zida man emadim. Keyinchalik Yana qovurishdi kartoshka o‘sha yog‘da endi 1) shu kartoshkani esa bo‘ladimi 2) majburlashgan bo‘lsachi 3) hukmini bilmay eb qo‘ygan bo‘lsa shubha qilgani uchun gunoh bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haromligi aniq bo‘lgan go‘sht yoki shunga o‘xshash narsani solib qovurilgan yog‘ yoki qaynatilgan suv ham harom bo‘ladi. Musulmon odam ziyrak bo‘lishi kerak “majburlashgan bo‘lsachi” deb haromni eb o‘tirmasdan tadbirini qilib emaslik kerak. Juda bo‘lmasa biror ishni sabab qilib u erdan chiqib ketish kerak. Vallohu a’lam!
16 Oktabr 2023, 10:38 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom