Qaynona va qaynota
Assalomu alaykum! Qaynonam va qaynotam yomon odam emas, lekin kelinlarga ko‘p dilini og‘ritadigan ishlar, gaplar bilan zulm qilishadi. Men gap qaytarmaslikka, xo‘p deyishga harakat qilaman, erimdan bekinib yig‘lab chiqaman, dilim og‘rigan paytda qaynona-qaynotamni qarg‘ab, "Alloh jazosini bersin" deyman. 1. Mening bu ishim to‘g‘rimi? Umuman, inson kimdandir qattiq ranjigan paytda nima qilishi kerak? Qarg‘ashi, “Allohga soldim” deyishi joizmi? 2. Qaynona-qaynotaga xizmat qilish, ularning achchiq gaplariga sabr qilishda ham savob bo‘lishi mumkinmi? 3. Shunday dilozorlik vaziyatlarda opa-singlisiga dardini aytib, hasratlashsa bu g‘iybat bo‘lib qolmaydimi? Alloh hammamizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Aytganlaringiz to‘g‘ri bo‘lsa siz mazluma ekansiz. Ya’ni duolari ijobat bo‘ladigan kishilar qatorida ekansiz. Siz buni g‘animat bilib, o‘zingizga mag‘firat so‘rang va farzandlaringizni kelajagi uchun yaxshi duolar qiling. Agar qarg‘asangiz qarg‘ish tegsa uni jabrini tortadigan eringiz bo‘ladi.
2). Shariat doirasidagi xizmatlarini qilishingiz ularga qilgan muravvatingiz hisoblanadi. Kelajakda sizga ham shunday muruvvat qilinadi. Ularni xizmatlarini qilsangiz eringiz xursand va rozi bo‘lib, mehri oshadi.
3). G‘iybat bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:18 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush