Noturar binolar savdosi

Assalomu alaykum! Korxonamiz bino qurib sotish va tayyor binolar savdosi bilan shug‘ullanadi. Turar va Noturar binolar oldi sotdisida kadastirda ko‘rsatilishi bo‘yicha, misol uchun 100 kv metr joy bo‘lsa, ammo uni ichiga kirib metirlab o‘lchasa malum bir kv metr farq beradi. Ya’ni 100 kv emas 95 kv. Buning sababi ko‘p qavatli binolarda xonadolar ustma ust qurilganligi bois, devorlar bo‘linishi xisobiga farq beradi. Noturar binolarda xam shu xolatni kuzatamiz. Turar binoda xam Noturar binoda xam kadastrda umumiy maydon deb ko‘rsatiladi misol uchun 100kv. Va aloxida foydalanish maydoni deb xam ko‘rsatiladi misol uchun 95kv. Foydalanish maydoni deb ko‘rsatilgan kv binoni aniq ichki kvadrati xisoblanadi. Savol shundan iboratki. Turar binolarda uy foydalanish maydoniga nisbatan xisoblab sotiladi. Noturar binolarda esa umumiy maydoniga nisbatan xisoblab sotilar ekan. Shunda noturar binodagi umumiy maydon va foydalanish maydonlari orasidagi farq qo‘shilgani joizmi yoki no joiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu farq xaridorga ochiq-oydin aytib sotilsa joiz. Vallohu a’lam!

5 Oktabr 2023, 17:09 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar