Videodagi javob
Assalomu alaykum! 2-3 kun avval savol yozgandim manimcha junatmabti. Agar takror ketaetgan bo‘lsa uzr. Men sizlarga kasbim xalolmi nomli savol bilan murojaat qilgan edim, ya’ni bankda xodimlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab olgan oyligim xalolmi deb. Siz Aziz ustozlardan “joiz” degan javobni oldim. Javob uchun tashakkur. Tasodifan telegramdagi kanalda Shayx Usmon al Xomis ismli insonning riboviy bankda kreditga aralashmasdan ishlash xam joiz emas, bu Allohga qarshi urush ochishda birlashishdir, degan javoblarni ko‘rib qoldim. Bu bilan siz azizlardan olgan javobimga shubxalandim yoki boshka narsa demoqchi emasman. Iltimosim mendan ranjimang yoki ezma ekan demang. Bilimsizligim tufayli savollarim xam ko‘p. Alxamdulilloh Qur’onga tushish xarakatidaman. Men faqat shu videodagi javobga sizning munosabatingizni bilmoqchiman. Yanada taskin topish uchun. Albatta u inson arab tilida gapirganlar tarjimon uni uzbekchaga o‘girgan. To‘g‘rimi noto‘g‘rimi Allohga ma’lum. To‘g‘rimi ikki yo‘l orasida qoldim. Birinchi savolimga siz azizlardan javob olgunimga qadar agar pulim xarom bo‘lsa ishdan bo‘shashimni rejaladim. Lekin raxbarlarimiz bo‘shashni o‘ylamasligimni, qancha kerak bo‘lsa dam olib davolanishimni aytishdi. Maqtanmoqchimasmanu o‘z ishimni vijdonan sifatli bajarganim uchun bo‘shatishni xoxlashmaydi. Menga ish o‘rgatgan raxbarimni xafa qilib qo‘yishdanam xijolatman. Shunga sizning yordamingizga muxtojman. Ertaga inshaAlloh ro‘za tutib xijob o‘rayman. Bergan savolimdan ko‘nglingiz og‘rimasligini Allohdan duo qilib so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh bankda riboga aralashmagan, masalan maosh tarqatuvchi kassir, pul o‘tkazmalari bilan shug‘ullanuvchi xodim(vestern yunion kabi), farrosh, qorovul, xaydovchi kabi ribaviy amaliyotlarga mutlaqo aralashmaydigan shaxslarni ishlashlari joiz deganlar. Biz ham sizni savolingizdan shuni tushundik. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 15:08 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom